Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqning o‘rnini qoplash


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

274-modda. Soliqning o‘rnini qoplash
Ushbu Kodeksning 
272-moddasiga
 muvofiq o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi,
agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha kelgusi
to‘lovlar hisobidan hisobga olinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchi o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasini qaytarishga doir soliq
hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy
summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra, soliq organi soliq summasining o‘rnini to‘liq
yoki qisman qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq to‘lovchiga soliq
hisobotini taqdim etishda soliq summasini qaytarish haqida soliq organlari xabardor qilingan
sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay qaytariladi.
(274-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Soliqning jami summasi o‘rnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi soliq hisobotini
taqdim etishda soliq organlarini xabardor qilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga
nisbatan qo‘llaniladi:
(274-modda to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-
dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y.,
03/21/741/1219-son)
1) O‘zbekiston Respublikasining yirik soliq to‘lovchilar toifasiga belgilangan tartibda
kiritilgan yuridik shaxslariga;
 LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 12-iyuldagi 3172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik
shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagigi 
Nizom
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari
bilan garov shartnomasini ushbu Kodeksning 
107
yoki 
109-moddalarida
belgilangan tartibda
rasmiylashtirgan soliq to‘lovchilarga;
(274-modda to‘rtinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
741-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
107
 va 
109-moddalari
.
3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar
ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan bo‘lsa,
nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari
qismida;
4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga;
5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali
stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;
6) soliq monitoringi ishtirokchilariga.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqning o‘rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to‘lovchi tomonidan qaytarish
uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasining o‘rni unga yetti kun ichida to‘liq hajmda
qoplanadi. Bunda o‘rni qoplanishi uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasi
asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral
soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq hisobotida o‘rni qoplanishi uchun ko‘rsatilgan soliq
summasi yoki uning bir qismi asossiz bo‘lib chiqsa, soliq to‘lovchi soliqning o‘rni o‘ziga asossiz
ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya
hisoblangan holda budjetga to‘lashi shart.
(274-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq summalarining o‘rnini qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq kameral
soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi, shuningdek chet davlatlar fuqarolariga soliq summalarini
qaytarish (TAX FREE) tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
(274-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling