39-bob. Elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslariga soliq solishning
o‘ziga xos xususiyatlari
278-modda. Soliq to‘lovchilar
Realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan elektron shakldagi xizmatlarni
realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari bunday xizmatlarni jismoniy
shaxslarga ko‘rsatishga oid qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Agar chet el yuridik shaxslari jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning
282-moddasida
belgilangan xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatsa hamda ularni realizatsiya qilish joyi
O‘zbekiston Respublikasi bo‘lsa, bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari bilan
topshiriq, vositachilik, agentlik shartnomalari yoki boshqa shunga o‘xshash shartnomalar
asosida bevosita jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarda ishtirok etadigan vositachilar bo‘lgan
chet el yuridik shaxslari bunday xizmatlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalarga nisbatan
soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
Agar bunday xizmatlar vositachilar bo‘lgan bir nechta yuridik shaxsning hisob-kitoblarida
izchil ketma-ketlikda ishtirok etgan holda ko‘rsatilsa, bevosita jismoniy shaxslar bilan hisob-
kitoblarda ishtirok etayotgan vositachi bo‘lgan chet el yuridik shaxsi, unda ushbu xizmatlarni
ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxsi bilan shartnoma mavjudligidan qat’i nazar, soliq agenti deb
e’tirof etiladi.
Agar bunday xizmatlar O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga va O‘zbekiston
Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi
norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan bo‘lsa, bunday xizmatlarning xaridorlari
bo‘lgan mazkur shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
279-modda. Elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini
Do'stlaringiz bilan baham: |