Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 289 -modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
289-modda. Soliq stavkalari
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o‘z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi. (289-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 289 -modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari Oldingi tahrirga qarang. Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Tamaki mahsulotlari turlari Soliq stavkalari import qilinganda ishlab chiqariladigan 1. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek 342 000 so‘m/ 1 000 dona + 10 foiz 2023-yil 1-yanvardan: 203 500 so‘m/ 1 000 dona + 10 foiz 2023-yil 1-fevraldan: 223 850 so‘m/ 1 000 dona + 10 foiz 2. Sigara 5 720 so‘m/1 dona 3. Chilim uchun tamaki 341 000 so‘m/kg * 4. Chekiladigan, o‘rama tamaki 341 000 so‘m/kg 5. Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki 341 000 so‘m/kg 6. Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki bo‘lgan o‘xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar 341 000 so‘m/kg 7. Nikotinli tamakisiz snyus 137 500 so‘m/kg 8. Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda) ** 605 so‘m/ml * Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham to‘lanadi. ** Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda to‘lanadi. (289 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1- yanvardan kuchga kiradi) Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natura ifodalangan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Tovar importida advalor soliq stavkasi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xomashyosi massasiga nisbatan tamaki xomashyosi massasi to‘g‘risidagi axborotni iste’mol qadog‘ida (idishda) ko‘rsatish sharti bilan qo‘llaniladi. Agar chilim uchun tamaki bo‘yicha tamaki xomashyosi massasi netto og‘irligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, u holda 1 1 aksiz solig‘i netto og‘irligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tamaki xomashyosining og‘irligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi, bunda iste’mol qadog‘ining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) og‘irligi hisobga olinmaydi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tovarning og‘irligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi iste’mol qadog‘ini (idishini) hisobga olgan holda netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi. (289 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling