41-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi
290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan
stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan
soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan
holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.
291-modda. Soliq davri
Bir oy soliq davridir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
29-moddasi.
292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning
ikkinchi qismida
boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq
davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali
realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari
joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan
kechiktirmay taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
45-moddasi
.
293-modda. Soliq to‘lash tartibi
Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda
belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan
olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar
to‘lanadi.
(293-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |