Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


XII BO‘LIM. FOYDA SOLIG‘I


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

XII BO‘LIM.
FOYDA SOLIG‘I
42-bob. Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi
294-modda. Soliq to‘lovchilar
Quyidagilar foyda solig‘ining soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq
to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon
ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik
shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu bo‘limda faoliyatni
doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi);
3) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda
3


norezidentlar deb yuritiladi);
4) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik
shaxslar;
5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard
so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar;
6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida
amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon ushbu
bo‘limda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ining mazkur guruh mas’ul ishtirokchisi
tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qismi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning
majburiyatlarini bajaradi.
Ushbu Kodeksning 36-moddasi 
to‘qqizinchi qismiga
muvofiq agent vazifalarini amalga
oshiruvchi jismoniy shaxs, ushbu modda birinchi qismining 
2-bandiga
muvofiq soliq to‘lovchi
deb e’tirof etiladi.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aylanmadan soliq
to‘lovchi shaxslar soliq to‘lovchilar hisoblanmaydi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling