298-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib
ketishidan olinadigan daromadlar (zararlar)
Ushbu moddaga muvofiq aniqlanadigan, chiqib ketishdan olinadigan moliyaviy natija
amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan
daromad (zarar) deb e’tirof etiladi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda
yoki zarar) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromaddan uning
qoldiq qiymatini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Amortizatsiya qilinadigan aktivning qoldiq
qiymati ushbu Kodeks 306-moddasining
yigirma oltinchi
va
yigirma yettinchi qismlariga
hamda
307-moddasining
yettinchi qismiga
muvofiq aniqlanadi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani
(foydani yoki zararni) aniqlashda bunday aktiv bo‘yicha 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra
to‘plangan qo‘shimcha baholash summasi (ilgari qayta baholangan narxini oshirish
summasining oldingi narxni pasaytirish summasidan ortiq summalari) amortizatsiya qilinadigan
aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritiladi.
Boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija buxgalteriya hisobi
to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. Mazkur qismning qoidalari ushbu Kodeksning
45-bobiga
muvofiq soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladigan mol-
mulkning chiqib ketish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(298-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
270-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |