Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

307-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari
Soliq to‘lovchining tovarlar ishlab chiqarishda (xizmatlar ko‘rsatishda) yoki ma’muriy-
boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi o‘n ikki oydan ortiq vaqt) mobaynida
foydalaniladigan intellektual faoliyat natijalari va boshqa intellektual mulk obyektlari (ularga
bo‘lgan mutlaq huquqlar) soliq solish maqsadlarida nomoddiy aktivlar deb e’tirof etiladi.
Nomoddiy aktivlar jumlasiga, xususan, basharti soliq to‘lovchi ushbu aktivlarga nisbatan
mutlaq huquqlarga ega bo‘lsa, ushbu Kodeks 44-moddasining 
birinchi qismida
ko‘rsatilgan
aktivlar kiradi.
Nomoddiy aktivni tan olish uchun quyidagilar zarur:
soliq to‘lovchiga iqtisodiy naf (daromad) olib kelish imkoniyatining mavjudligi;
nomoddiy aktivning o‘zi mavjudligini va (yoki) soliq to‘lovchida intellektual faoliyat
natijalariga bo‘lgan mutlaq huquq mavjud ekanligini tasdiqlovchi lozim darajada
rasmiylashtirilgan hujjatlarning (shu jumladan patentlar, guvohnomalarning, boshqa muhofaza
hujjatlarining, patentdan, tovar belgisidan o‘zganing foydasiga voz kechishga (uni olishga) doir
shartnomaning) mavjudligi.
Nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash patentning,
guvohnomaning amal qilish muddatidan va (yoki) intellektual mulk obyektlaridan O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligiga
muvofiq foydalanish muddatlariga doir boshqa cheklovlardan kelib chiqqan holda yoxud
nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanishning tegishli shartnomalarda shartlashilgan
muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya har oyda soliq to‘lovchi tomonidan ularning
boshlang‘ich qiymatidan va bunday nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatidan,
biroq soliq to‘lovchining faoliyati muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatdan kelib chiqqan holda
hisob-kitob qilingan normalar bo‘yicha hisoblanadi.
Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin bo‘lmagan nomoddiy aktivlar
bo‘yicha amortizatsiya normalari besh yillik muddatga belgilanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan istalgan nomoddiy aktivdan foydalanish va foydalanish
huquqi uchun soliq to‘lovchi tomonidan to‘lanadigan davriy (joriy) to‘lovlar ushbu Kodeks 305-
moddasining 
ikkinchi qismida
 nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda xarajatlar deb
e’tirof etiladi va chegirmalar jumlasiga mutanosib ravishda foydalanish muddat davomida
kiritiladi”;
(307-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling