Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Geologik jihatdan o‘rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

311-modda. Geologik jihatdan o‘rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga
doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olishni boshlashdan oldin geologik jihatdan
o‘rganish, qidirish, foydali qazilmalarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun amalga
oshirilgan xarajatlar, shu jumladan baholashga, jihozlashga doir xarajatlar, shuningdek ushbu
Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan boshqa xarajatlar amortizatsiya
qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
hollarda, bunday chiqimlar belgilangan normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
(311-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida xuddi shu konda ustki qatlamni ochish
ishlari bo‘yicha qilingan xarajatlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq
to‘lovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari
yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya
qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi.
Ushbu moddaning 
birinchi
va 
ikkinchi qismlarida
ko‘rsatilgan xarajatlar foydali
qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan
e’tiboran soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib
tashlanadi.
Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi, soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra
belgilanadigan amortizatsiya normasini qo‘llash yo‘li bilan:
biroq ushbu moddaning 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv
guruhi bo‘yicha to‘plangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
biroq ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
 nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv
guruhi bo‘yicha to‘plangan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda
hisoblab chiqariladi.
(311-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30 dekabrdagi
O‘RQ-812-sonli 
Qonuniga
asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga
kiradi)
Nomahsuldor quduq tugatilgan yoxud soliq to‘lovchi yer qa’ri uchastkasidagi ishlarni
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi, geologik jihatdan istiqbolsizligi yoki boshqa


sabablarga ko‘ra tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, basharti yer qa’ridan
foydalanish huquqi to‘liq tugatilsa, soliq to‘lovchi bunday huquq tugatilgan hisobot (soliq)
davrida qilingan xarajatlar summasini chegirib tashlashga haqli.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling