Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

Guruhlar
tartib
raqami
Kichik
guruhlar
tartib
raqami
Amortizatsiya guruhlarining (kichik
guruhlarining) nomi
Amortizatsiyaning
normasi,
foizlarda
I
Binolar va inshootlar
1
Binolar
5
2
Inshootlar
10
II
Quvurlar, 
elektr 
uzatish 
va
telekommunikatsiyalar liniyalari
15
III
Mashinalar 
va 
uskunalar 
(transport
uskunalaridan tashqari)
20
IV
Transport uskunalari
1
Havo va kosmik uchish apparatlari va ular
bilan bog‘liq uskunalar, kemalar va qayiqlar,
lokomotivlar va harakatdagi tarkib (temir yo‘l
tarkibi)
10
2
Avtotransport vositalari, avtomobil kuzovlari
(korpuslari), tirkamalar va yarim tirkamalar,
boshqa transport uskunalari
20
V
Kompyuterlar va periferiya uskunalari
40
VI
Boshqa 
guruhlarga 
kiritilmagan
amortizatsiya qilinadigan aktivlar
15
Soliq to‘lovchi soliqni hisoblab chiqarish maqsadida amortizatsiyani ushbu moddada
belgilanganidan pastroq normalar bo‘yicha hisoblashga haqli.
Soliq solish maqsadi uchun amortizatsiya summasi soliq to‘lovchilar tomonidan har oyda
aniqlanadi. Amortizatsiya har bir amortizatsiya qilinadigan aktiv bo‘yicha alohida hisoblanadi
hamda uning boshlang‘ich qiymatining va ushbu obyekt uchun belgilangan amortizatsiya
normasining ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
Amortizatsiya qilinadigan aktiv, shu jumladan qonunchilikka muvofiq huquqlari davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani
hisoblash ushbu aktiv, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan qat’i nazar, foydalanishga
topshirilgan sanadan e’tiboran boshlanadi.
Agar soliq to‘lovchi biror-bir kalendar oy ichida ta’sis etilgan, tugatilgan yoki qayta tashkil
etilgan bo‘lsa, amortizatsiya quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda hisoblanadi:
1) amortizatsiya ta’sis etilayotgan, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilayotgan soliq
to‘lovchi tomonidan u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran hisoblanadi;
2) amortizatsiya tugatilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan tugatish yakunlanadigan
sanagacha, qayta tashkil etilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan esa qayta tashkil etish
tugatiladigan sanagacha hisoblanadi.


Ushbu modda 
o‘ttiz beshinchi qismining
qoidalari o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini
o‘zgartirayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Amortizatsiyani hisoblash amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati to‘liq hisobdan
chiqarilgan sanadan e’tiboran yoki bunday aktiv soliq to‘lovchining amortizatsiya qilinadigan
aktivlari tarkibidan har qanday asoslarga ko‘ra chiqarilganda tugatiladi.
Ushbu moddaning 
sakkizinchi qismiga 
muvofiq amortizatsiya qilinadigan aktiv tarkibidan
chiqarib tashlangan aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv amortizatsiya
qilinadigan aktiv tarkibidan chiqarib tashlangan sanadan e’tiboran tugatiladi va amortizatsiya
qilinadigan aktiv raskonservatsiya qilingan yoki uni rekonstruksiya qilish (modernizatsiyalash)
yakunlangan sanadan e’tiboran qayta tiklanadi.
Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymatiga ushbu Kodeks
317-moddasining 
17-bandida
nazarda tutilgan xarajatlar kiritilmaydi.
Nomoddiy aktivlarning qiymati ushbu Kodeksning 
307-moddasida
nazarda tutilgan
tartibda xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
(306-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling