Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

41-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi
290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan
stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan
soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan
holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.
291-modda. Soliq davri
Bir oy soliq davridir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
29-moddasi.
292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq
davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali
realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari
joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan
kechiktirmay taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
45-moddasi
.
293-modda. Soliq to‘lash tartibi
Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda
belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan
olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar
to‘lanadi.
(293-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling