Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliqni


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

341-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliqni
hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi hisobot (soliq) davri
yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlari summalarini, shuningdek soliq
summalarini to‘lashni, shunday guruhni tuzish to‘g‘risidagi shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan
joyda, mazkur summalarni ushbu guruhning va ular alohida bo‘linmalarining ishtirokchilari
bo‘yicha taqsimlamasdan amalga oshiradi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliq hisoboti soliq organiga
ushbu Kodeks 339-moddasining 
beshinchi qismida 
belgilangan tartibda va muddatlarda
taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining qolgan ishtirokchilari o‘zi hisobda
turgan joydagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etmaydi.


Agar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari ushbu guruhning
konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydigan daromadlarni olsa, ular o‘zi hisobda turgan
joydagi soliq organlariga soliqning faqat ushbu daromadlarga nisbatan hisoblab chiqarilgan
qismi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha hisobot (soliq) davri yakunlari
bo‘yicha soliq hisoboti shu guruhning mas’ul ishtirokchisi tomonidan soliq hisobi ma’lumotlari
hamda 
umuman 
soliq 
to‘lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan 
guruhi 
bo‘yicha
konsolidatsiyalashgan soliq bazasi asosida faqat konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga nisbatan
soliqni hisoblab chiqarish qismi bo‘yicha tuziladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan ushbu
guruh faoliyat ko‘rsata boshlagan soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq
bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlarining summasi shu guruh barcha ishtirokchilarining ushbu
guruh tuzilishidan oldingi soliq davrining uchinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik
bo‘nak to‘lovlari summasi sifatida aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma
soliq organi tomonidan soliq davri boshlanganidan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq
to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan soliq davri boshidan
buyon o‘tgan hisobot davrlarining yakunlari bo‘yicha to‘langan bo‘nak (joriy) to‘lovlari soliq
to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining bo‘nak joriy to‘lovlari soliq to‘lovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining tegishli ishtirokchisi hisobiga o‘tkazilishi (qaytarilishi) lozim.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling