Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

413-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
Soliq solish obyektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq
davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish obyektlarining qoldiq
qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi
sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha soliq
bazasi mazkur obyektlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat
asosida aniqlanadi.
Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan soliqni to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga
oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini
alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni bo‘lmasa,
soliq bazasi soliq to‘lanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof
tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi.
414-modda. Soliq imtiyozlari
Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq
qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan
sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot obyektlarining;
(414-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-
659-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son
— 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti
yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) yangi neft va gaz quduqlarining — ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil
muddatga.
(414-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuniga 
asosan 3-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y.,
03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 
3-bandida
nazarda tutilgan yangi neft va gaz
quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil
davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladi.
(414-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:
1) yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va
xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan


hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash
umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar;
2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan
ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab
chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga.
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno)
antenna-machta metall konstruksiyalari, shu jumladan ularga o‘rnatilgan hamda ularning
ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar;
(414-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli
Qonuniga 
asosan 3-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y.,
03/22/785/0679-son — ushbu bandning qoidalari 2022-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan
munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling