Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

412-modda. Soliq bazasi
Quyidagilar soliq bazasidir:
1) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 
1
va 
3-bandlarida
nazarda tutilgan
obyektlar bo‘yicha — o‘rtacha yillik qoldiq qiymati.
Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati
bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab
chiqilgan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 
1-
bandida 
nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr
uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:
Toshkent shahrida — ikki million besh yuz ming so‘m;
Nukus shahrida va viloyat markazlarida — bir million besh yuz ming so‘m;
boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — bir million so‘m.
(412-modda birinchi qismi 1-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-
dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y.,
03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari
ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5
gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past
bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga
haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan ikki
yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.
(412-modda birinchi qismi 1-bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil
26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y.,
03/22/785/0679-son — ushbu xatboshining qoidalari 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan
munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Ushbu bandda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan ko‘chmas mulk
obyektlari qonunchilikda belgilanadi;
(412-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-
sonli 
Qonuniga 
asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son — ushbu xatboshining qoidalari 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga
kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
2) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 
2-bandida
nazarda tutilgan obyektlar
bo‘yicha — tugallanmagan qurilishning o‘rtacha yillik qiymati;
3) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 
4-bandida
belgilangan obyektlar
bo‘yicha — mazkur obyektlarning o‘rtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi bo‘yicha).
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan soliq
bazasi ushbu mol-mulkning o‘rtacha yillik qiymatidir.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling