Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq davri. Hisobot davri


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

406-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yil oyi hisobot davridir.


407-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash
tartibi
Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda
hisoblab chiqariladi.
Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan
to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari
xodimlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan
xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan
shaxslar bo‘yicha soliqni to‘lash majburiyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq
organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo‘yicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(407-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)
Soliqni to‘lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga
oshiriladi.
408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish
va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq, agar ushbu moddaning 
ikkinchi
va 
uchinchi qismlarida
boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar:
(408-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi
O‘RQ-847-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 03/23/847/0384-
son — 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir
baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) savdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi
tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan — oyiga bazaviy
hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
(408-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-
847-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 03/23/847/0384-son —
2023-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga
oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan — oyiga bazaviy
hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) —
oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda to‘lanadi/
(408-modda birinchi qismining 3-bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil
16-iyundagi O‘RQ-847-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y.,

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling