Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

399-modda. Rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
to‘langan soliqni hisobga olish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti
bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida
soliq to‘lashda ushbu Kodeksning 
342-moddasida
nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni bo‘yicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan
jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
400-modda. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq
solishning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlariga
soliq solish to‘lov manbaida to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining ichkarisida yoki tashqarisida
qilinganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlariga
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq solinadi,
bundan soliqni undirish o‘zarolik prinsipi bo‘yicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin bo‘lgan
hollar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsga daromadlarni to‘lash
to‘lov manbaida soliqni ushlab qolmasdan yoki ushbu Kodeksning 
6-moddasiga
muvofiq
ikkiyoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik masalalarini tartibga soluvchi O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga va xalqaro shartnomalar bo‘yicha soliqlarni
to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishga doir maxsus qoidalarga muvofiq pasaytirilgan
stavkani qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq summasi ushlab qolinmaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi xalqaro
shartnomasining qoidalari g‘ayriqonuniy tarzda qo‘llanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga
yoki to‘liq ushlab qolinmasligiga sabab bo‘lgan taqdirda, Kodeksning ushbu bo‘limiga muvofiq
soliq agenti deb e’tirof etilgan shaxslar tomonidan ushlab qolinmagan soliq summasini va u
bilan bog‘liq penya summasini qonunchilikka muvofiq budjetga kiritilishi shart.
(400-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq soliq agenti tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining norezidenti daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi undan
ushlanmasdan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘langanda, soliq agentining soliqni to‘lov manbaidan
ushlab qolish va ko‘chirib berish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling