ushbu Kodeksning
408
va
409-moddalarida
nazarda tutilgan tartibga muvofiq
ijtimoiy
soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
403-modda. Soliq solish obyekti
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning
(bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash
yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi
norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq
solish obyektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki)
yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast
yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi
qismining
10-bandida
ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy
shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: