Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
406-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir. Yil oyi hisobot davridir. 407-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi. Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar bo‘yicha soliqni to‘lash majburiyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Oldingi tahrirga qarang. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi. (407-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Soliqni to‘lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. 408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar: (408-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-847-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 03/23/847/0384- son — 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi) 1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda; Oldingi tahrirga qarang. 2) savdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; (408-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ- 847-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 03/23/847/0384-son — 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi) 3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan: yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda; Oldingi tahrirga qarang. oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda to‘lanadi/ (408-modda birinchi qismining 3-bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-847-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling