Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq solish obyekti


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

411-modda. Soliq solish obyekti
Ko‘chmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (bundan buyon ushbu
bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda
ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish
obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi
tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu
obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran
yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
3) temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur
obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun
ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari, ko‘chmas mulk obyekti foydalanishga
topshirilgandan keyin olti oy o‘tgach.
Quyidagi ko‘chmas mulk obyektlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida
foydalaniladigan obyektlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) uy-joy-kommunal xo‘jaligining va belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalaniladigan
boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi obyektlari. Uy-joy-kommunal hamda


boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi obyektlari jumlasiga shaharlar va
shaharchalarni sanitariya jihatdan tozalash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish
obyektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish
va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar hamda
issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek uy-joy-kommunal
xo‘jaligi obyektlariga texnik jihatdan xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash, boshqaruvchi
tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni
boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer
uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan binolar kiradi;
(411-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-
773-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/773/0461-son)
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
4) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari;
5) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan,
fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar;
6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong‘in xavfsizligi uchun
foydalaniladigan obyektlar. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari
va yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yong‘in xavfsizligi organining ma’lumotnomasi asosida
amalga oshiriladi;
7) yer uchastkalari.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling