Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

Oldingi
 tahrirga qarang.
Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat
bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil
etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq
to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan
egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,25 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
(429-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,4 koeffitsiyent qo‘llaniladi:
(429-modda oltinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-
dekabrdagi O‘RQ-812-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y.,
03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(429-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-
dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va
radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele
aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat
ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, erga ulash konturi qutilari
hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;


umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar,
liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l
qurilmalaridan iborat temir yo‘l stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan
tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik
foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga
qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa
ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar band
etgan yerlar;
samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, erda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari,
fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi
uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davrida;
konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar — ularning konservatsiyasi davrida.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
beshinchi 
va 
oltinchi qismlari
belgilangan tartibda yuridik shaxslarga
ajratilgan yer uchastkalariga nisbatan qo‘llaniladi.
(429-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bunda ushbu modda oltinchi qismining 
ikkinchi — beshinchi xatboshilarida
nazarda
tutilgan obyektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari bo‘yicha o‘rtacha
belgilangan soliq stavkasiga 0,4 koeffitsiyent qo‘llaniladi. Har bir tuman va shahar bo‘yicha
o‘rtacha soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi
soliq organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq
stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5-yanvarga qadar soliq to‘lovchilar e’tiboriga
yetkaziladi.
(429-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining
aybi bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq
yuridik shaxslar tomonidan erning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo‘lgan bonitent
balidan kelib chiqkan holda to‘lanadi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq
yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan
yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati bo‘yicha,
agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to‘lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan soliq stavkalarining
ikki baravari miqdorida to‘lanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonunchilikda
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.
(429-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(429-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-
sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y.,
03/22/812/1145-son — 2022-yil 1-iyuldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq
etiladi)
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta
hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar


qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli
bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi
tugallanmagan obyektlar kiradi.
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi
hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq
stavkalarining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari
Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada
joylashgan yerlar uchun esa — 0,05 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi.
(429-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil
1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari
Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi,
bundan ushbu moddaning 
o‘n beshinchi qismida
 nazarda tutilgan hollar mustasno.
(429-moddaning o‘n oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling