Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

74-modda. Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud
bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini
hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi.
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq
agentiga yuklatilishi mumkin.
Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar va
soliq agentlari soliqlar hamda yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi.
Soliqni to‘lash soliqning to‘liq summasi bo‘yicha yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
boshqacha tartibda amalga oshiriladi.
Agar soliq bo‘yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har birining
natijalari bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘lanadi. Joriy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliqni to‘lash


bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Alohida soliq turlari uchun bo‘nak to‘lovlari nazarda tutilishi mumkin. Bo‘nak to‘lovlarini
to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz
shaklda to‘laydi.
Soliqlar va yig‘imlarni turlari bo‘yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda to‘lash muddatlari
ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
4-moddasi

2-bobi
.
75-modda. Soliq imtiyozlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq
to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to‘lamaslik yoki
ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb e’tirof etiladi.
(75-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash)
imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.
Agar ushbu moddaning 
beshinchi qismida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi.
Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan
mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta
solig‘idan tashqari, ushbu moddaning 
oltinchi qismi
qoidalarini hisobga olgan holda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini
kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga
berilishi mumkin.
(75-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)
Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar soliqlar
bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran ularning butun
amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga
yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida to‘xtatib turishga haqli, bundan
qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno.
Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga
yo‘naltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lar maqsadli ishlatilmagan taqdirda
maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda
budjetga undirilishi lozim. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shagan va
mazkur imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablag‘lar summasi berilgan
imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng bir yil davomida ularni taqdim etishda
belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda
foydalanilmagan mablag‘lar budjetga o‘tkazilishi lozim.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar O‘zbekiston
Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni
aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashdan ozod
etiladi, bundan ijtimoiy soliq va O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida)
to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari
turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga
nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq
to‘lashdan ozod qilish huquqiga ega.
(75-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli 
Qonuniga 
asosan
o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-
son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
483-moddasida
, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq
ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni
ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida to‘laydi.
(75-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi O‘RQ-767-sonli 
Qonuniga
asosan o‘n
birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 03/22/767/0386-son
— 2022-yil 7-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq imtiyozlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan
foydalangan va soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodini bergan holda
amalga oshiriladi.
(75-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-
son)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling