Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


II BO‘LIM. SOLIQ HISOBI VA SOLIQ HISOBOTLARI


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

II BO‘LIM.
SOLIQ HISOBI VA SOLIQ HISOBOTLARI
7-bob. Soliq hisobi
76-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobga olish va hisob hujjatlari
Soliq solish obyektlari va (yoki) soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni
umumlashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek soliqlarni, yig‘imlarni hisoblab chiqarish va
soliq hisobotini tuzish maqsadida ushbu Kodeks talablariga muvofiq soliq to‘lovchi yoki soliq
agenti tomonidan hisob hujjatlarini yuritish soliq solish maqsadlarida hisobga olish deb e’tirof
etiladi.
Hisob hujjatlari soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlash,
shuningdek soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar,
buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismida
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq
solish maqsadlarida hisobga olish buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya
hisobi va hisob hujjatlarini yuritish tartibi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik bilan
belgilanadi.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq zimmasiga buxgalteriya hisobini
yuritish majburiyati yuklatilmagan shaxslar soliq solish maqsadlarida hisobga olishni ushbu
bobga muvofiq tashkil etadi va yuritadi.
(76-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq solish maqsadlarida hisobga olishga nisbatan soliq organlarining axborot
tizimlaridan majburiy foydalanishga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan aniqlanadigan tartibda belgilanishi mumkin.


(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonunining 
5

6-moddalari
, Moliyaviy va soliq
hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim
etishning tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
 (ro‘yxat raqami 2808, 12.07.2016-y.).

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling