Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati
Soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova
qilinadigan hujjatlarni, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ushbu
hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar soliq to‘g‘risidagi qonunchilik soliq stavkasini qo‘llashni, to‘lanadigan soliq miqdorini,
soliq imtiyozini yoki soliq chegirmasini qo‘llashni va (yoki) soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirishni
soliq to‘lovchining muayyan shartlarga rioya etishi bilan bog‘lasa, ushbu soliq to‘lovchi barcha
tasdiqlovchi hujjatlarni mazkur shartlarning amal qilishi tugaydigan yildan keyin kamida besh yil


saqlashi kerak. Bunday tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu soliq bo‘yicha soliq
hisoboti, unga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek ko‘rsatilgan shartlarga yoki
majburiyatlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Ushbu qismning qoidalari, agar
ko‘rsatilgan shartlar yoki majburiyatlar vaqtinchalik tusga ega bo‘lsa va ularga rioya etilishini
hujjatlar bilan tasdiqlashni talab qilsa, qo‘llaniladi.
(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
III BO‘LIM.
SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISh
9-bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
85-modda. Soliq majburiyati
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va
yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq
majburiyatidir.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, o‘ziga
nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni
to‘g‘ri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati soliq majburiyatiga
tenglashtiriladi.
Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan
asoslar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi, o‘zgartiriladi va tugatiladi.
Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq to‘lovchiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda
belgilangan ushbu soliqni to‘lashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran
yuklatiladi.
(85-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
8

86 — 88-moddalari
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling