Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

100-modda. Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini
berish shartlari
Soliqni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati
manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda
to‘lash imkonini bermasa, biroq ko‘rsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki bo‘lib-
bo‘lib to‘lash uchun berilgan muddat mobaynida to‘lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin
qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lsa, berilishi mumkin.
Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga
quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:
1) ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan
holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;
2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish
kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari
yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki)
ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;
3) manfaatdor shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi)
alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;


Oldingi
 tahrirga qarang.
3 ) manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi
hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq
qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;
(100-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli
Qonuniga 
asosan 3 -band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y.,
03/21/722/0960-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3 ) agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik subyekti) ushbu Kodeks 101-moddasining 
birinchi
qismiga
binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani yer uchastkalari,
binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch
oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga
bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan
holda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;
(100-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuniga 
asosan 3 -band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y.,
03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3 ) agar o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan shaxs
soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib
to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborgan bo‘lsa. Mazkur tartib qo‘shilgan qiymat solig‘i va
foyda solig‘i to‘lovchilariga nisbatan qo‘llaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50
foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz
to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno);
(100-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli 
Qonuniga 
asosan
3 -band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son —
2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin
bo‘lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;
(100-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki)
realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati
bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.
(100-modda ikkinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu modda ikkinchi qismining 
1

3 — 6-bandlarid
a ko‘rsatilgan asoslar mavjud
bo‘lganda, soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilarga berilishi
mumkin:
1) yuridik shaxsga — uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) jismoniy shaxsga — uning mol-mulki qiymatidan oshmaydigan summaga, bundan
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan
mol-mulk mustasno.
(100-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq
organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib,
soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek
moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi
1
1
2
2
3
3


tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng
ulushlarda to‘lashga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda
ikkinchi qismining 
1
yoki 
2-bandlarida
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha berilgan bo‘lsa, qarz
summasiga foizlar hisoblanmaydi. Agar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash ushbu modda ikkinchi
qismining 
3 -bandida
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha taqdim etilgan va soliq qarzi bo‘yicha bo‘lib-
bo‘lib to‘lash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan bo‘lsa, foizlar olti oy davomida ham
hisoblanmaydi.
(100-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda
ikkinchi qismining 
3

3

4

5
va 
6-bandlarida
va (yoki) to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga
ko‘ra berilgan bo‘lsa, kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib
chiqqan holda, ushbu modda ikkinchi qismining 
3 -bandi 
bo‘yicha soliqlarni to‘lash
kechiktirilgan kundan e’tiboran qarz summasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblanadi. Ushbu
moddaning ikkinchi qismi 
3 -bandida
ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra foizlar soliqlarni to‘lash
kechiktirish bo‘yicha qarz summasiga nisbatan kechiktirish davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkadan kelib
chiqqan holda hisoblanadi. Bunda, soliqlarni manfaatdor shaxs tomonidan to‘lashni
kechiktirishning amal qilish muddati soliq organiga xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran
hisoblab chiqariladi, kechiktirilgan soliqlar summasi esa, muddati tugagan oyidan keyingi
oyidan boshlab kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng amal qilish muddati tugagan sanadan
e’tiboran kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda o‘n ikki oy
ichida to‘lanadi.
(100-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling