Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
99-modda. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga
vakolatli organlar 2 Quyidagi organlar soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega organlardir (bundan buyon ushbu moddada vakolatli organlar deb yuritiladi): Oldingi tahrirga qarang. 1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Kodeksning 17-moddasida ko‘rsatilgan soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishga (bundan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i hamda soliq agenti sifatida to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) ham haqli; (99-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ- 722-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son) 2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 8-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin; LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida nizom . Oldingi tahrirga qarang. 3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar bo‘yicha — bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). (99-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq to‘lovchiga ushbu Kodeksning 17- moddasida ko‘rsatilgan har qanday soliq bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98- moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 17 va 99-moddalari . Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling