Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


IV BO‘LIM. SOLIQ TO‘LOVChILARNI VA SOLIQ SOLISh OBYEKTLARINI HISOBGA OLISh


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

IV BO‘LIM.
SOLIQ TO‘LOVChILARNI VA SOLIQ SOLISh OBYEKTLARINI HISOBGA OLISh
16-bob. Soliq to‘lovchilarni hisobga olish tartibi
126-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga olish to‘g‘risida umumiy qoidalar
Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar soliq organlarida
hisobga qo‘yilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlarini hisobga qo‘yish ushbu Kodeks u yoki bu
soliqni to‘lash majburiyatining paydo bo‘lishini bog‘laydigan holatlar mavjudligidan qat’i nazar
amalga oshiriladi.
Soliq organlarida hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(126-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli
Qonuniga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y.,
03/22/759/0213-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarni soliq organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish ularga vakolatli
organ tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki jismoniy shaxsning shaxsiy
identifikatsiya raqamini berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda soliq to‘lovchi hisobga
qo‘yilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida u bir
vaqtning o‘zida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qo‘yilgan holda
berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma soliq to‘lovchining hisobga
qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el yuridik shaxslariga (shu
jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalarga) berilgan soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi guvohnoma soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazilganligini
tasdiqlovchi hujjatdir.
(126-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi — oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y.,
03/22/759/0213-son)
Soliq to‘lovchilarni hisobga olish ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrini yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrida mavjud bo‘lgan
ma’lumotlarning tarkibi hamda reyestrni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ushbu Kodeksning 
29-moddasida
boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq organida hisobga qo‘yilgan paytdan boshlab soliq siridir.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling