Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda.  Jamiyatning  foydasini  jamiyat  ishtirokchilari  o‘rtasida  taqsimlashdagi


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

26-modda.  Jamiyatning  foydasini  jamiyat  ishtirokchilari  o‘rtasida  taqsimlashdagi

cheklashlar. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilariga to‘lashdagi cheklashlar

Jamiyat  quyidagi  hollarda  o‘z  foydasini  jamiyat  ishtirokchilari  o‘rtasida  taqsimlash

to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas:

jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) to‘liq to‘langunga qadar;

ushbu  Qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  jamiyat  ishtirokchisi  ulushining  (ulushi  bir

qismining) haqiqiy qiymati to‘langunga qadar;

agar  bunday  qarorni  qabul  qilish  paytida  jamiyat  qonunga  muvofiq  bankrotlik

belgilariga  javob  bersa  yoki  agar  mazkur  belgilar  jamiyatda  shunday  qaror  qabul  qilinishi

natijasida paydo bo‘lsa;

agar shunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav

fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam bo‘lsa yoki shunday qaror qabul qilinishi

natijasida ularning miqdoridan kamroq bo‘lib qolsa;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Jamiyat  o‘z  ishtirokchilari  o‘rtasida  taqsimlanishi  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilingan

quyidagi hollarda jamiyat ishtirokchilariga foydani to‘lashga haqli emas:

agar  to‘lash  paytida  jamiyat  qonunga  muvofiq  bankrotlik  belgilariga  javob  bersa  yoki

agar mazkur belgilar jamiyatda to‘lov natijasida paydo bo‘lsa;

agar  to‘lash  paytida  jamiyatning  sof  aktivlari  qiymati  uning  ustav  fondidan  (ustav

kapitalidan) va zaxira fondidan kam bo‘lsa yoki to‘lash natijasida ularning miqdoridan kamroq

bo‘lib qolsa;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar tugaganidan keyin jamiyat o‘z

ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan foydani to‘lashi shart.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling