Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR

TO‘G‘RISIDA

I BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu  Qonunning  maqsadi  mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli

jamiyatlarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni

tartibga solishdan iborat.



2-modda.  Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlar

to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlar  to‘g‘risidagi  qonun

hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

3-modda. Mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bir  yoki  bir  necha  shaxs  tomonidan  ta’sis  etilgan,  ustav  fondi  (ustav  kapitali)  ta’sis

hujjatlari  bilan  belgilangan  miqdorlarda  ulushlarga  bo‘lingan  xo‘jalik  jamiyati  mas’uliyati

cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning

majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun

o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.

Mas’uliyati  cheklangan  jamiyatning  o‘z  hissasini  to‘la  qo‘shmagan  ishtirokchilari

jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati

doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 252 – 255-moddalariga qarang.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling