9-modda. Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari
Jamiyat ishtirokchilari:
ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda,
usullarda va muddatlarda hissa qo‘shishlari;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun mazkur Qonunning 14 - moddasiga qarang.
jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Jamiyat ishtirokchilarining qonun hujjatlarida va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
II BOB. JAMIYATNI TA’SIS ETISh
10-modda. Jamiyatni ta’sis etish tartibi
Jamiyatning muassislari ta’sis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini
tasdiqlaydilar, ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydilar (tayinlaydilar),
shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissalar qo‘shilgan taqdirda,
ularning pul bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, shuningdek
jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror
muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Boshqa qarorlar jamiyatning muassislari
tomonidan ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul
qilinadi.
Jamiyatning muassislari jamiyatni ta’sis etish bilan bog‘liq va uni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo‘ladilar. Jamiyat
muassislarning uni ta’sis etish bilan bog‘liq majburiyatlari yuzasidan, ularning harakatlari
keyinchalik jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan ma’qullangan
taqdirdagina javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |