Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda.  Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlarning


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

5-modda.  Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlarning

huquqiy holati

Mas’uliyati  cheklangan  yoki  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyat  (bundan  buyon  matnda

jamiyat  deb  yuritiladi)  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan

paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.

Jamiyat  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  boshqa  yuridik  shaxslarning  muassisi

bo‘lishga  yoki  ularning  ustav  fondida  (ustav  kapitalida)  boshqacha  tarzda  ishtirok  etishga,

vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.

 LexUZ sharhi



O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  47-moddasiga  ko‘ra  vakolatxona  –  yuridik

shaxsning  u  turgan  yerdan  tashqarida  joylashgan,  yuridik  shaxs  manfaatlarini  ifodalaydigan  va  ularni

himoya qiladigan alohida bo‘linmasidir. Filial – yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan

hamda  uning  barcha  vazifalarini  yoki  vazifalarining  bir  qismini,  shu  jumladan  vakolatxona  vazifalarini

bajaradigan alohida bo‘linmasidir.

Jamiyat,  agar  uning  ta’sis  hujjatlarida  boshqacha  qoida  belgilangan  bo‘lmasa,

nomuayyan muddatga tuziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat  o‘zining  to‘liq  firma  nomi  davlat  tilida  ifodalangan  va  jamiyatning  joylashgan

yeri ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi

jamiyatning tanloviga ko‘ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.



(5-moddaning  to‘rtinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  20-martdagi  O‘RQ-531-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat  o‘zining  firma  nomi  yozilgan  shtamplariga  va  blankalariga,  o‘z  emblemasiga,

shuningdek  belgilangan  tartibda  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  tovar  belgisiga  hamda  fuqarolik

muomalasi  ishtirokchilarini,  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlarni  individuallashtiruvchi  o‘zga

vositalarga ega bo‘lishga haqli.

(5-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  20-martdagi  O‘RQ-531-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

 LexUZ sharhi

“Tovar  belgilari,  xizmat  ko‘rsatish  belgilari  va  tovar  kelib  chiqqan  joy  nomlari  to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni  va  “Tovar  belgisi  va  xizmat  ko‘rsatish  belgisini  ro‘yxatdan  o‘tkazish

uchun  talabnoma  tuzish,  topshirish  va  ko‘rib  chiqish  qoidalari”ga  (ro‘yxat  raqami  1988,  29.07.2009-y.)

qarang.

Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi,

o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi

mumkin.


Jamiyat  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  har  qanday  faoliyat  turlarini  amalga

oshirishi mumkin.

Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya

asosida shug‘ullanishi mumkin.



 LexUZ sharhi

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  2001-yil  12-maydagi  222-II-sonli  “Amalga  oshirilishi

uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.

Jamiyat  o‘z  majburiyatlari  yuzasidan  o‘ziga  qarashli  barcha  mol-mulk  bilan  javobgar

bo‘ladi.

Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.

Jamiyatning  bankrotligi  ishtirokchi  sifatidagi  shaxsning  aybi  tufayli  vujudga  kelgan

bo‘lsa,  jamiyatning  mol-mulki  yetarli  bo‘lmagan  taqdirda  bunday  shaxs  zimmasiga  uning

majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.

Davlat  va  uning  organlari  jamiyatning  majburiyatlari  yuzasidan  javobgar  bo‘lmaydi,

xuddi  shuningdek  jamiyat  ham  davlat  va  uning  organlari  majburiyatlari  yuzasidan  javobgar

bo‘lmaydi.




Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling