Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatning ta’sis hujjatlari


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

11-modda. Jamiyatning ta’sis hujjatlari

Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb hisoblanadi.

Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning

ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko‘paysa,

ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak.



Jamiyat  ishtirokchisining,  auditorning  yoki  istalgan  manfaatdor  shaxsning  talabiga

binoan  jamiyat  ularga  jamiyatning  ta’sis  hujjatlari  bilan,  shu  jumladan  unga  kiritilgan

o‘zgartishlar  bilan  tanishish  imkoniyatini  berishi  shart.  Jamiyat  ishtirokchisining  talabiga

binoan  jamiyat  unga  jamiyatning  ta’sis  shartnomasi  va  ustavi  nusxalarini  berishi  shart.

Nusxalarni  berganlik  uchun  jamiyat  tomonidan  olinadigan  haq  ularni  tayyorlashga  ketgan

xarajatlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Jamiyatning ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi

qaroriga  binoan  kiritiladi.  Jamiyatning  ta’sis  hujjatlariga  kiritilgan  o‘zgartishlar  qonun

hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

Jamiyatning  ta’sis  hujjatlariga  kiritilgan  o‘zgartishlar  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan

paytdan  boshlab  uchinchi  shaxslar  uchun  kuchga  kiradi.  Vakolatxonalar  va  filiallar  tashkil

etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilgan

hollarda,  bunday  o‘zgartishlar  yuridik  shaxslarni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazuvchi  organ

xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.

Ta’sis  shartnomasi  qoidalari  bilan  jamiyat  ustavi  qoidalari  mos  kelmagan  hollarda

jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega

bo‘ladi.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling