Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
-modda. Jamiyatning ishtirokchilari
Download 215.63 Kb. Pdf ko'rish
|
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida
7-modda. Jamiyatning ishtirokchilari
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar. Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishga haqli emaslar. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan jamiyatga aylanishi mumkin.
Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bitta shaxsdan iborat boshqa jamiyatga ega bo‘lishi mumkin emas, bir aksiyadordan iborat aksiyadorlik jamiyati jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lgan hollar bundan mustasno. (7-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim. Oldingi tahrirga qarang. Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak.
Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida murosasiz ziddiyatlar sababli qaror qabul qilish uchun yetarli ovozlar soni mavjud bo‘lmaganligi tufayli jamiyatni boshqarish masalalari yuzasidan kelishuvga erishish mumkin bo‘lmagan taqdirda, nizoli vaziyat sud tartibida hal etiladi. (7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son) Download 215.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling