Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillardagi
to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va
“mas’uliyati cheklangan jamiyat” so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan
jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini hamda
“mas’uliyati cheklangan jamiyat” degan so‘zlarni yoki MChJ abbreviaturasini o‘z ichiga olishi
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va
“qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini
hamda “qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat” degan so‘zlarni yoki QMJ abbreviaturasini o‘z ichiga
olishi kerak.
Jamiyatning firma nomi uning tashkiliy-huquqiy shaklini aks ettiruvchi, shu jumladan
chet tillardan o‘zlashtirilgan boshqa atamalar va abbreviaturalarni, agar qonunlarda
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, o‘z ichiga olishi mumkin emas.
Chet elliklar ishtirokida tashkil etilayotgan jamiyatning firma nomiga uning muassislari
qaysi davlatga mansubligini ko‘rsatuvchi qayd kiritilishi mumkin.
Jamiyatning joylashgan manzili uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyiga qarab
belgilanadi. Jamiyatning ta’sis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy joylashgan yer
yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan manzili deb belgilanishi
mumkin.
Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo‘lishi lozim va
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organni o‘zining pochta manzili o‘zgargani
to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: