Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
Download 215.63 Kb. Pdf ko'rish
|
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida
32-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustavida belgilangan hollarda, shuningdek, agar bunday umumiy yig‘ilishni o‘tkazishni jamiyatning va uning ishtirokchilarining manfaatlari taqozo etsa, boshqa hollarda ham o‘tkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan: jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining jami kamida o‘ndan biriga ega bo‘lgan jamiyat ishtirokchilarining; jamiyat kuzatuv kengashining; jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan chaqiriladi. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi zarur hollarda jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan uning tashabbusiga binoan chaqirilishi mumkin. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida mazkur talabni ko‘rib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqida yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan faqat quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin: agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabni taqdim etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etilgan bo‘lmasa; agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalardan birortasi ham uning vakolatlari jumlasiga kirmasa. Agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida bu talabni kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritishi shart. Kuzatuv kengashi uch kun ichida mazkur talabni ko‘rib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida yoki ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalarning biri yoki bir nechasi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga kirmasa yoki qonun hujjatlarining talablariga mos bo‘lmasa, mazkur masalalar kun tartibiga kiritilmaydi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalar ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga, shuningdek jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishning taklif qilingan shaklini o‘zgartirishga haqli emas. Jamiyat ishtirokchilari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalar bilan bir qatorda, jamiyatning ijro etuvchi organi o‘z tashabbusi bilan unga, kun tartibi rasmiy ravishda o‘qib eshittiriladigan kundan kechiktirmay, qo‘shimcha masalalar kiritishga haqlidir. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday umumiy yig‘ilish uni o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnoma
olingan kundan e’tiboran qirq besh kundan kechiktirmay o‘tkazilishi shart. Agar ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uni o‘tkazishni talab qilayotgan organlar yoki shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday holda jamiyatning ijro etuvchi organi mazkur organlar yoki shaxslarga jamiyat ishtirokchilarining manzillari ko‘rsatilgan ro‘yxatni taqdim etishi shart. Umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish xarajatlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin.
Download 215.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling