Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

34-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonunda, jamiyatning ustavida va

uning  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  o‘tkaziladi.  Jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy

yig‘ilishini  o‘tkazish  tartibi  ushbu  Qonun,  jamiyatning  ustavi  va  hujjatlari  bilan  tartibga

solinmagan qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.

Jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishda  shaxsan  yoki  o‘z  vakillari  orqali  ishtirok

etishga  haqlidirlar.  Jamiyat  ishtirokchilarining  vakillari  o‘z  vakolatlarini  tasdiqlovchi  hujjatni

(ishonchnomani) ko‘rsatishlari lozim. Jamiyat ishtirokchisining vakiliga berilgan ishonchnoma

qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

 LexUZ sharhi

Ishonchnoma berish va rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun O‘zbekiston

Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  10-bobi  va  “Notariat  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi

Qonunining 7-bobiga qarang.

Jamiyatning  ishtirokchilari  yoki  ularning  vakillari  kun  tartibidagi  masalalarni

muhokama qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz berish huquqiga egadirlar.

Jamiyatning  jamiyat  ishtirokchilarining  ko‘rsatib  o‘tilgan  huquqlarini  cheklovchi  ta’sis

hujjatlarining qoidalari yoki jamiyat organlarining qarorlari haqiqiy emas.

Jamiyatning  har  bir  ishtirokchisi  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishida

jamiyatning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  o‘z  ulushiga  mutanosib  ovozlar  soniga  ega

bo‘ladi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jamiyatni  ta’sis  etish  paytida  jamiyatning  ustaviga  binoan  yoki  jamiyat  ishtirokchilari

umumiy  yig‘ilishining  jamiyatning  barcha  ishtirokchilari  tomonidan  bir  ovozdan  qabul

qilingan  qaroriga  binoan  jamiyatning  ustaviga  o‘zgartishlar  kiritish  yo‘li  bilan  jamiyat

ishtirokchilari  ovozlarining  sonini  aniqlashning  boshqacha  tartibi  belgilab  qo‘yilishi  mumkin.

Jamiyat  ustavining  bunday  tartibni  belgilab  qo‘yuvchi  qoidalarini  o‘zgartirish  va  chiqarib

tashlash  jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  jamiyatning  barcha  ishtirokchilari

tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.

Jamiyatning  ro‘yxatdan  o‘tmagan  ishtirokchisi  (jamiyat  ishtirokchisining  vakili)  ovoz

berishda ishtirok etishga haqli emas.

Jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy

yig‘ilishini  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  xabarnomada  ko‘rsatilgan  vaqtda  yoki,  agar  jamiyatning

barcha ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, oldinroq ochiladi.

Jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi  ushbu  Qonun  33-moddasining  birinchi,

ikkinchi,  uchinchi  va  beshinchi  qismlariga  muvofiq  jamiyat  ishtirokchilariga  xabar  qilingan

kun  tartibidagi  masalalar  bo‘yichagina  qarorlar  qabul  qilishga  haqli,  mazkur  umumiy

yig‘ilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari qatnashayotgan hollar bundan mustasno.

Ushbu  Qonun  30-moddasining  ikkinchi  qismi  ikkinchi  xatboshisida  ko‘rsatilgan

masalalar  yuzasidan,  shuningdek  jamiyatning  ustavida  belgilangan  boshqa  masalalar

yuzasidan qarorlar, agar shunday qarorni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning

ustavida  ko‘proq  ovozlar  soni  zarurligi  nazarda  tutilgan  bo‘lmasa,  jamiyat  ishtirokchilari

umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozlari bilan qabul

qilinadi.



Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu  Qonun  30-moddasi  ikkinchi  qismining  o‘n  ikkinchi  xatboshisida  ko‘rsatilgan

masala  yuzasidan  qarorlar  jamiyatning  barcha  ishtirokchilari  tomonidan  bir  ovozdan  qabul

qilinadi.  Qolgan  qarorlar,  agar  bunday  qarorlarni  qabul  qilish  uchun  ushbu  Qonunda  yoki

jamiyatning  ustavida  ko‘proq  ovozlar  soni  zarurligi  nazarda  tutilgan  bo‘lmasa,  jamiyat

ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.




(34-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)

Jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  qarorlari,  agar  jamiyatning  ustavida

qarorlarni qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, ochiq ovoz berish yo‘li

bilan qabul qilinadi.

Jamiyatning  ijro  etuvchi  organi  jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining

bayonnomasi yuritilishini tashkil etadi.




Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling