Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga
Download 215.63 Kb. Pdf ko'rish
|
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
37-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga
kiruvchi masalalar yuzasidan jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan qarorlar qabul qilinishi Bir ishtirokchidan tarkib topgan jamiyatda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi va yozma ravishda rasmiylashtiriladi. 38-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari ushbu Qonunga muvofiq jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish, ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlar tuzish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish kiritilishi nazarda tutilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish jamiyatning ustavi bilan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. (38-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda) Jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish va uning faoliyati tartibi, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini va jamiyat kuzatuv kengashi raisining vakolatini tugatish tartibi jamiyatning ustavi bilan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining hamda kollegial ijro etuvchi organining, uning sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining a’zolari, jamiyat tomonidan tashkil etilgan unitar korxonaning rahbari hamda ayni shu sho‘ba, tobe xo‘jalik jamiyatlarida va unitar korxonada mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. (38-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga haq to‘lanishi va (yoki) ularning o‘z majburiyatlarini bajarishlari bilan bog‘liq xarajatlari qoplanishi mumkin. Haqlar va tovonlarning miqdorlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining jamiyatning ishtirokchilari bo‘lmagan a’zolari jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishlari mumkin. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosining ovoz berish huquqini o‘zga shaxslarga, shu jumladan kuzatuv kengashining boshqa a’zolariga o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Download 215.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling