bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinadigan qarori
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori yig‘ilishni o‘tkazmay (kun
tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qo‘yilgan masalalar yuzasidan qarorlar
qabul qilish uchun jamiyat ishtirokchilari birgalikda hozir bo‘lmay) sirtdan ovoz berish yo‘li
bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinishi mumkin. Bunday ovoz berish pochta, telegraf, teletayp,
telefon, elektron aloqa yoki uzatib beriladigan va qabul qilinadigan xabarlarning to‘g‘ri
bo‘lishini va ularning hujjatlar bilan tasdiqlanishini ta’minlovchi boshqa aloqa vositasida
hujjatlarni ayirboshlash yo‘li bilan o‘tkazilishi mumkin.
Ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan
jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li
bilan) qabul qilinishi, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa,
mumkin emas.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorini sirtdan ovoz berish yo‘li bilan
(so‘rov yo‘li bilan) qabul qilish chog‘ida ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi, oltinchi,
yettinchi va sakkizinchi qismlari, shuningdek ushbu Qonun 33-moddasi birinchi, uchinchi,
beshinchi va yettinchi qismlarining qoidalari ularda nazarda tutilgan muddatlarga oid qismida
qo‘llanilmaydi.
Sirtdan (so‘rov yo‘li bilan) ovoz berish tartibi taklif qilinayotgan kun tartibini
jamiyatning barcha ishtirokchilariga xabar qilishning majburiyligini, jamiyatning barcha
ishtirokchilari ovoz berish boshlangunga qadar barcha zarur axborot va materiallar bilan
tanishib chiqishi imkoniyatini, kun tartibiga qo‘shimcha masalalarni kiritish to‘g‘risida takliflar
kiritish imkoniyatini, ovoz berish boshlangunga qadar jamiyatning barcha ishtirokchilariga
o‘zgartirilgan kun tartibini, shuningdek ovoz berish taomilining tugash muddatini xabar
qilishning majburiyligini nazarda tutgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |