Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


V BOB. JAMIYATNING BITIM TUZIShDAN MANFAATDORLIGI. YIRIK BITIMLAR


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

V BOB. JAMIYATNING BITIM TUZIShDAN MANFAATDORLIGI. YIRIK BITIMLAR

43-modda. Jamiyatning bitim tuzishdan manfaatdorligi

Tuzilishidan  jamiyat  kuzatuv  kengashining  a’zosi,  jamiyatning  yakkaboshchilik

asosidagi  ijro  etuvchi  organi  vazifasini  amalga  oshiruvchi  shaxslar,  jamiyatning  kollegial  ijro

etuvchi organi a’zosi manfaatdor bo‘lgan yoki o‘z affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat

ishtirokchilari  umumiy  ovozlari  sonining  yigirma  va  undan  ortiq  foiziga  ega  bo‘lgan  jamiyat

ishtirokchisining manfaatdorligi bo‘lgan bitimlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining

roziligisiz jamiyat tomonidan tuzilishi mumkin emas.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-

onalari,  bolalari,  aka-ukalari,  opa-singillari  va  (yoki)  ularning  affillangan  shaxslari  quyidagi

hollarda jamiyat tomonidan bitim tuzilishidan manfaatdor shaxslar deb e’tirof etiladi:

bitim taraflari hisoblansalar yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning

manfaatlarini ifodalasalar;

bitim  tarafi  hisoblanuvchi  yoki  jamiyat  bilan  munosabatlarda  uchinchi  shaxslarning

manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaxs aksiyalarining (paylari, ulushlarining) yigirma va

undan ortiq foiziga ega bo‘lsalar (har biri alohida-alohida yoki jamlangan holda);

bitim  tarafi  hisoblanuvchi  yoki  jamiyat  bilan  munosabatlarda  uchinchi  shaxslarning

manfaatlarini  himoya  qiluvchi  yuridik  shaxsning  boshqaruv  organlarida  lavozim  egallab

turgan bo‘lsalar.

Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  ko‘rsatilgan  shaxslar  jamiyatning  ustavida

belgilangan boshqa hollarda ham jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb e’tirof

etiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar:

ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki)

affillangan  shaxslari  aksiyalarining  (paylar  ulushlarining)  yigirma  va  undan  ortiq  foiziga  ega

bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;

ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki)

ularning affillangan shaxslari boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan yuridik shaxslar

to‘g‘risidagi;

ular tuzilishidan manfaatdor deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan tuziladigan yoki taxmin

qilinadigan  bitimlar  to‘g‘risidagi  axborotni  jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining

e’tiboriga yetkazishlari kerak.

Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimlarni jamiyat tuzishi to‘g‘risidagi qaror jamiyat

ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  jamiyatning  uning  tuzilishidan  manfaatdor

bo‘lmagan ishtirokchilari umumiy ovozlarining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.




Agar  bitim  jamiyat  bilan  boshqa  taraf  o‘rtasida,  bitim  tuzilishidan  manfaatdor  shaxs

ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq shunday shaxs deb e’tirof etiladigan

paytga  qadar  bo‘lgan,  odatdagi  xo‘jalik  faoliyati  jarayonida  tuzilgan  bo‘lsa,  manfaatdorlik

bo‘lgan  bitimni  tuzish  ushbu  moddaning  beshinchi  qismida  nazarda  tutilgan  jamiyat

ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  qarorini  talab  qilmaydi  (jamiyat  ishtirokchilarining

keyingi umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanaga qadar qaror talab qilinmaydi).

Tuzilishidan  manfaatdorlik  bo‘lgan  va  ushbu  moddada  nazarda  tutilgan  talablar

buzilgan  holda  tuzilgan  bitimlar  jamiyatning  yoki  uning  ishtirokchisining  da’vosi  asosida  sud

tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Manfaatdor shaxs jamiyat oldida o‘zi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar miqdorida

javobgar  bo‘ladi.  Agar  bir  necha  shaxs  javobgar  bo‘lsa,  ularning  jamiyat  oldidagi  javobgarligi

solidar bo‘ladi.

Jamiyatda  jamiyatning  kuzatuv  kengashi  tuzilgan  taqdirda,  tuzilishidan  manfaatdorlik

bo‘lgan  bitimlarni  tuzish  to‘g‘risidagi  qarorni  qabul  qilish  jamiyatning  ustavi  bilan  uning

vakolatlari jumlasiga kiritilishi mumkin, bitim yoki bitimning predmeti bo‘lgan mol-mulkning

qiymati  bo‘yicha  haq  to‘lash  summasi  jamiyatning  oxirgi  hisobot  davridagi  buxgalteriya

hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan mol-mulki qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lgan

hollar bundan mustasno.




Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling