Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

44-modda. Yirik bitimlar

Agar  jamiyatning  ustavida  yirik  bitimlarning  ancha  katta  miqdori  nazarda  tutilgan

bo‘lmasa, bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi

hisobot  davri  uchun  buxgalteriya  hisobotlari  ma’lumotlari  asosida  aniqlangan  jamiyat  mol-

mulki  qiymatining  yigirma  besh  foizidan  ortiq  qiymatga  ega  bo‘lgan  mol-mulkni  jamiyatning

olishi,  tasarrufidan  chiqarishi  yoki  jamiyat  bevosita  yoxud  bilvosita  mol-mulkni  tasarrufidan

chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan bitim yoki o‘zaro bog‘liq bir necha bitim yirik bitim deb

hisoblanadi.  Jamiyatning  odatdagi  xo‘jalik  faoliyati  jarayonida  tuziladigan  bitimlar  yirik

bitimlar deb e’tirof etilmaydi.

Ushbu  moddaning  maqsadlari  uchun  yirik  bitim  natijasida  jamiyatning  tasarrufidan

chiqariladigan mol-mulkning qiymati  uning buxgalteriya hisobi ma’lumotlari  asosida,  jamiyat

oladigan mol-mulkning qiymati esa – taklif qilingan baho asosida aniqlanadi.

Yirik  bitimni  tuzish  to‘g‘risidagi  qaror  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi

tomonidan qabul qilinadi.

Jamiyatda  jamiyatning  kuzatuv  kengashi  tuzilgan  taqdirda,  qiymati  jamiyat  mol-mulki

qiymatining  yigirma  beshdan  to  ellik  foizigachasini  tashkil  etadigan  mol-mulkni  olish,

tasarrufdan  chiqarish  yoki  jamiyat  bevosita  yoxud  bilvosita  tasarrufidan  chiqarishi  ehtimoli

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  yirik  bitimlarni  tuzish  to‘g‘risidagi  qarorlarni  qabul  qilish  jamiyatning

ustaviga  binoan  jamiyat  kuzatuv  kengashining  vakolatiga  kiritilishi  mumkin.  Bunda  kuzatuv

kengashining  aybi  bilan  yirik  bitim  tuzilishi  natijasida  yetkazilgan  zarar  uchun  jamiyatning

kuzatuv kengashi umumiy yig‘ilish oldida javobgar bo‘ladi.

Ushbu  moddada  nazarda  tutilgan  talablar  buzilgan  holda  tuzilgan  yirik  bitim

jamiyatning  yoki  uning  ishtirokchisining  da’vosiga  binoan  sud  tomonidan  haqiqiy  emas  deb

topilishi mumkin.




Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling