52-modda. Jamiyatni bo‘lish
Jamiyatni uning barcha huquqlari va majburiyatlarini yangitdan tashkil etilgan
jamiyatlarga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni bo‘lish deb e’tirof etiladi.
Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi
bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, jamiyatni bo‘lish tartibi va shartlari to‘g‘risida, yangi
jamiyatlarni tashkil etish va bo‘lish balansini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bo‘lish natijasida tuzilayotgan har bir jamiyatning ishtirokchilari ta’sis shartnomasini
imzolaydilar. Bo‘lish natijasida tashkil etilayotgan har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy
yig‘ilishi jamiyatning ustavini tasdiqlaydi va uning organlarini saylaydi.
Jamiyat bo‘linganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘lish balansiga
muvofiq bo‘lish natijasida tashkil etilgan jamiyatlarga o‘tadi.
Agar bo‘lish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash
imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxslar qayta
tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar
bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Bo‘lish balansini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51-moddasida
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |