48-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlash
Jamiyat, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, quyidagi
hujjatlarni ustavda belgilangan muddat mobaynida saqlashi shart:
jamiyatning ta’sis hujjatlari, shuningdek jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan hamda
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar;
jamiyat muassislari yig‘ilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga
(ustav kapitaliga) qo‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni,
shuningdek jamiyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa qarorlarni o‘z ichiga olgan
bayonnomasi;
jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
jamiyatning o‘z balansida turgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
jamiyatning filiallari va vakolatxonalari to‘g‘risidagi nizomlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(48-modda birinchi qismi yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi
O‘RQ-104-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning
kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
Jamiyat ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni o‘zining ijro
etuvchi organi joylashgan yerda yoki jamiyat ishtirokchilariga ma’lum bo‘lgan va ular uchun
qulay bo‘lgan boshqa joyda saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |