Umumiy qoidalar. Malakaviy amaliyotning maqsadi va vazifalari
Download 184.69 Kb.
|
Xalq banki word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Umumiy qoidalar.
MUNDARIJA 1. Umumiy qoidalar. 2 2. Malakaviy amaliyotning maqsadi va vazifalari. 2 3. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyotining kalendar rejasi 4 4. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tkaziladigan joylar 5 5. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti tashkil qilish 6 5.1. Talabaning huquq va majburiyatlari. 6 5.2. Amaliyot rahbarining vazifalari 7 5.3. Talabaning bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tish davridagi vazifalari. 8 5.4. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tish joyida bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar. 10 6. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish tartibi 11 1. Umumiy qoidalar.O‘quv malakaviy amaliyot oliy ta’limning 230000 «Iqtisod» sohasi 5230700 «Mehnat iqtisoldiyoti va sotsiologiya » bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi 4 kurs talabalarining o‘quv so‘ng 4 hafta davomida 144 soat miqdorda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Malakaviy amaliyot Davlat ta’lim standartlari va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizomi hamda mazkur dasturga asosan tashkil etiladi. Malakaviy amaliyot ixtisoslik fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan va bevosita banklarda o‘tkaziladigan ta’lim jarayonidir. E’tirof etish joizki, “Bank ishi va auditi” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabada professional tayyorgarlik darajasini shakllantirish bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bilan boshlanadi. Mazkur amaliyot olingan nazariy bilimlarning tijorat banki faoliyatining amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unligini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti, shuningdek, Markaziy bank Bosh boshqarmalari va nobank kredit tashkilotlarida individual dastur asosida o‘tkazilishi mumkin. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti talabalarning kredit tashkilotlaridagi amaliy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilgan holda ularning professional tayyorgarlik darajasini oshirishi lozim. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti yakuniga kelib, talabalar bank faoliyati asoslarini bilishi zarur. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan banklarning amaliy faoliyati asoslari bilan tanishish, zaruriy tahliliy va hisobot hujjatlarini yig‘ish, bank ishini tashkil qilish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bevosita banklarda o‘tkaziladigan ta’lim jarayoni hisoblanadi. Download 184.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling