Umumiy qoidalar. Malakaviy amaliyotning maqsadi va vazifalari
Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tish joyida bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar
Download 184.69 Kb.
|
Xalq banki word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish tartibi
5.4. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tish joyida bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar.Talaba bank faoliyati bilan tanishuv amaliyotini bosqichma-bosqich qaysi bank muassasida o‘tmasin, shu tuzilmaning xodimlari bu boradagi mas’uliyatni his etgan holda quyidagi vazifalarni bajarishlari muhimdir: - talabalarni kutib olish va ichki ish intizomi bilan tanishtirish; - talabalarni ish joylarini ko‘rsatish; - talabaga amaliyot rahbarini buyruq orqali tayinlash; - talabaga kerakli amaliy ma’lumotlarning berilishini ta’minlash va bu boradagi barcha to‘siqlarning oldini olishga yordam berish; - talabaga amaliy maslahatlarni berish; - talaba bilan amaliyotda to‘planib qolgan muammolar, ularni yechish yo‘llari bo‘yicha fikr almashib olishga yordam berish; - talaba tomonidan taqvim ish rejasini ko‘zdan kechirib va uning bajarilishini nazorat qilib, tekshirib, kundalikka yozib xulosa qilish; - talabaga bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti o‘tib bo‘lganidan so‘ng tavsifnoma berish. Talabaga beriladigan tasifnomada talaba tomonidan bank faoliyati bilan tanishuv amaliyotining qanday o‘tganligi, o‘ziga berilgan vazifalarni qanday mas’uliyatni his etgan holda bajarganligi, ichki mehnat intizomiga rioya etganligi va shu kabi ma’lumotlarni mujassamlagan holda fikrlar o‘z aksini topishi. 6. Bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish tartibiBank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti tugashi bilan talaba 3 kun ichida amaliyot davrida o‘rgangan mavzular bo‘yicha umumiy xususiyatga ega bo‘lgan va o‘zida barcha bajarilgan ishlarni qamrab oladigan hisobotni «Bank ishi» kafedrasiga taqdim etadi. Hisobot A4 formadagi oq varaqning bir tomoniga qo‘lyozma shaklida (kamida 1 betda 25 satr bo‘lgan holda 30-40 bet) husnixat bilan yoki kompyuterda (Times New Roman, 14 shriftida, 1,5 interval bilan 15-20 bet) bosma holda yozilishi talab etiladi. Hisobotga jadvallar hamda tegishli diagramma va rasmlar kiritiladi. Tegishli hujjatlarining nusxalari hisobot oxirida ilova qilinadi. Hisobot kafedraga hisobot himoyasini o‘tkazish muddatidan 5 kun oldin o‘qituvchi ilmiy rahbariga ro‘yxatdan o‘tkazilishi orqali tekshirish va taqriz yozish uchun topshiriladi. Hisobotlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha mas’ul shaxs kafedra kabinet mudirasi hisoblanadi. Hisobotga nisbatan berilgan taqrizda hisobotning yutuq va kamchiliklari ko‘rsatilishi, uni tuzatish muddatlari (agarda shunday muammoga duch kelinsa) ko‘rsatiladi. Taqriz oxirida tegishli baho berilib himoyaga qo‘yish (yoki qo‘yilmasligi) ko‘rsatib o‘tiladi. Talaba tomonidan tayyorlangan hisoboti himoyaga qo‘yilmasin deb baholansa, unda talaba hisobotini ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bilan qayta to‘ldiradi va ikkinchi bor taqrizga beradi. Talaba hisobotiga nisbatan ijobiy taqriz berilgan taqdirda talaba tasdiqlangan jadval asosida malakaviy amaliyot hisobot himoyasiga tayyorgarlik ko‘radi va himoya qila Download 184.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling