Umumiy qoidalar o‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari
-modda. Fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun yer berish (sotish)
Download 54.16 Kb.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO’G’RISIDAGI QONUNI
21-modda. Fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun yer berish (sotish)
Har bir kolxoz xonadoniga, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlari ishchi va xizmatchilarining oilalariga, shuningdek qishloq joylarida yashovchi o‘qituvchilar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi bilan yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun sug‘oriladigan yerlarda 0, 25 gektargacha va sug‘orilmaydigan yerlarda 0,50 gektargacha tomorqa yeri beriladi, binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi. O‘zlariga qarashli ayrim aholi punktlari shahar xududi tarkibiga qo‘shib yuborilgan jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklarida uzluksiz besh yildan ortiq ishlagan va hamon ishlab kelayotgan kolxozchilarning, davlat xo‘jaliklari ishchi va xizmatchilarining, shuningdek o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilish huquqi bilan ularning ish joyidan yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun shu xo‘jalikda belgilab qo‘yilgan miqdorda tomorqa yeri beriladi (binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi). Shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq maydoni yer resurslarining mavjudligiga qarab va fuqarolarning oilalari ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishini hisobga olgan holda, jamoa xo‘jaligida, boshqa jamoa korxonalarida — ularning yuqori boshqaruv idoralari tomonidan, davlat xo‘jaligida, boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida — ularning ma’muriyati tomonidan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxona, muassasa va tashkilotlarning kengashlari tomonidan belgilanadi, mazkur Kengashlarning qarorlari qishloq va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun 0,06 gektargacha yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalikka kim oshdi asosida sotiladi. Fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun yer berish (sotish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilanadi. Yer uchastkasiga ega bo‘lmagan yoki shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun muayyan kolxozda, sovxozda yoki boshqa qishloq xo‘jalik korxonasi, muassasasi va tashkilotida belgilab qo‘yilganidan kamroq miqdorda yer uchastkasiga ega normalar doirasida yakka tartibda qo‘shimcha ekinzorlar beriladi. Qishloq joylarda yashaydigan va chorva mollari bo‘lgan fuqarolarga yer bor bo‘lsa, vaqtincha foydalanish uchun pichan o‘rish va molini boqishga yer uchastkalari beriladi. Transport, o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon sanoati, aloqa,suv, baliqchilik, ovchilik xo‘jaliklari, shuningdek xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘zlari egalik qilayotgan yoki foydalanayotgan yerlardan o‘z xodimlarining ayrim toifalariga xizmat yuzasidan yer ajratib beradilar. (21-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda) Download 54.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling