Umumiy qoidalar


-modda.  Pornografik  mahsulotni  tayyorlash,  olib  kirish,  tarqatish,  reklama  qilish,  namoyish


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana18.10.2020
Hajmi1.96 Mb.
#134244
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi


130-modda.  Pornografik  mahsulotni  tayyorlash,  olib  kirish,  tarqatish,  reklama  qilish,  namoyish
etish
Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston
Respublikasi  hududiga  olib  kirish,  xuddi  shuningdek  uni  tarqatish,  reklama  qilish,  namoyish  etish  shunday
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 8-bo‘limining yigirma beshinchi xatboshisi (“Atamalarning huquqiy ma’nosi”).
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  to‘rt  yuz  baravaridan  olti  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(130-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 189-moddasi.
O‘sha harakatlar:

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
61/183
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(130-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  29-martdagi  O‘RQ-421-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish,
namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni
tarqatish,  reklama  qilish,  namoyish  etish  yoxud  voyaga  yetmagan  shaxsni  pornografik  xususiyatga  ega
harakatlarning ijrochisi sifatida jalb qilish, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(130-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
(130-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2012-yil  12-apreldagi  O‘RQ-324-son  Qonuni  tahririda  —  O‘R  QHT,
2012-y., 15-son, 166-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
130 -modda. Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish,
tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
maqsadida  tayyorlash  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib  kirish,  xuddi  shuningdek  uni  tarqatish,
reklama  qilish,  namoyish  etish  shunday  harakatlar  uchun  ma’muriy  jazo  qo‘llanilganidan  keyin  sodir  etilgan
bo‘lsa, —
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 8-bo‘limining o‘n to‘rtinchi xatboshisi (“Atamalarning huquqiy ma’nosi”).
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  to‘rt  yuz  baravaridan  olti  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(130 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 189 -moddasi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(130 -modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  29-martdagi  O‘RQ-421-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(130 -modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2012-yil  12-apreldagi  O‘RQ-324-son  Qonuniga  asosan  kiritilgan  —
O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 166-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
131-modda. Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash
G‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
1
1
1
1
1

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
62/183
(131-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(131-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu  moddaning  birinchi  yoki  ikkinchi  qismida  nazarda  tutilgan  harakatlar  bir  guruh  shaxslar
tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud uch
yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoki  uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan
jazolanadi.
(131-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda;
b)  takroran,  xavfli  retsidivist  yoki  ushbu  Kodeksning  135  yoki  137-moddalarida  nazarda  tutilgan
jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(131-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT,
2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
132-modda.  Moddiy  madaniy  meros  obyektlarini  nobud  qilish,  buzish  yoki  ularga  shikast
yetkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat  muhofazasiga  olingan  moddiy  madaniy  meros  obyektlarini  nobud  qilish,  buzish  yoki  ularga
shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  yuz  baravaridan  uch  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  uch  yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(132-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 269-II-son “Madaniy meros obyektlarini muhofaza
qilish  va  ulardan  foydalanish  to‘g‘risida”gi  Qonuni  3-moddasining  to‘rtinchi  —  oltinchi  xatboshilari,  O‘zbekiston
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2002-yil  29-iyuldagi  269-son  qaroriga  3-ilova  sifatida  tasdiqlangan  “O‘zbekiston
Respublikasi moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 19, 20-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat  muhofazasiga  olingan  moddiy  madaniy  meros  obyektlarini  nobud  qilish,  buzish  yoki  ularga
shikast yetkazish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz  oltmish  soatdan  to‘rt  yuz  sakson  soatgacha  majburiy  jamoat  ishlari  yoki  bir  yildan  uch  yilgacha  ozodlikni
cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(132-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Etkazilgan  moddiy  zarar  uch  karra  miqdorida  qoplangan  taqdirda,  ozodlikni  cheklash  va  ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
63/183
(132-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  18-apreldagi  O‘RQ-476-sonli  Qonuni  tahririda  —  Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
133-modda. Inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish
Shaxs  tirikligida  uning  roziligini  olmasdan  turib  yoki  o‘lganidan  keyin  yaqin  qarindoshlarining
roziligisiz  ilmiy  ishlar  yoxud  ta’lim  ishlari  uchun  transplantatsiya  qilish  yoki  buzilmaydigan  holda  saqlash
(konservatsiya) maqsadida murdaning a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish —
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2007-yil  27-iyundagi  6-
sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(133-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoki  uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish
bilan jazolanadi.
(133-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  29-martdagi  O‘RQ-421-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
134-modda. Qabrni tahqirlash
Qabrni yoki murdani tahqirlash, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi narsalarni olish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
axloq  tuzatish  ishlari  yoki  uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoxud  uch  yildan  besh  yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(134-moddaning  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli  Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2004-yil  24-sentabrdagi
13-sonli  “Qasddan  odam  o‘ldirishga  oid  ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  qarori  12-bandining  beshinchi
xatboshisi.
VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar
Oldingi tahrirga qarang.
135-modda. Odam savdosi
Odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish,
topshirish, yashirish yoki qabul qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(135-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha harakatlar:
a)  o‘g‘irlash,  zo‘rlik  ishlatish  yoki  zo‘rlik  ishlatish  bilan  qo‘rqitish  yoxud  majburlashning  boshqa
shakllarini qo‘llash orqali;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan;

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
64/183
g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
d) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
e) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
j) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
z) jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda
qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda;
i)  qalbaki  hujjatlardan  foydalangan  holda,  xuddi  shuningdek  jabrlanuvchining  shaxsini  tasdiqlovchi
hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda;
k) kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
b) jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa;
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2009-yil  24-noyabrdagi
12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
(135-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2008-yil  16-sentabrdagi  O‘RQ-179-sonli  Qonuni  tahririda  —  O‘R
QHT, 2008-y., 37-38-son, 366-modda)
136-modda. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish
Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof
ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  yigirma  besh  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  uch  yuz  oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(136-moddaning  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli  Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oila
kodeksining 14 va 53-moddalari.
137-modda. Odam o‘g‘rilash
Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagani holda odam o‘g‘rilash

Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(137-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha harakat:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
65/183
(137-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustdagi  254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha harakat:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(137-modda  uchinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustdagi  254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
138-modda. Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish
Birovni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  ellik  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  uch  yuz  oltmish  soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(138-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) jismoniy azob berib;
b) hayot yoki sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(138-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
139-modda. Tuhmat
Tuhmat  qilish,  ya’ni  bila  turib  boshqa  shaxsni  sharmanda  qiladigan  uydirmalar  tarqatish,  shunday
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(139-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nashr  qilish  yoki  boshqacha  usulda  ko‘paytirilgan  matnda  yoxud  ommaviy  axborot  vositalari  orqali
tuhmat qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz  soatdan  uch  yuz  oltmish  soatgacha  majburiy  jamoat  ishlari  yoxud  ikki  yildan  uch  yilgacha  axloq  tuzatish
ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(139-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Tuhmat:
a) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab;
b) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda;
v) xavfli retsidivist tomonidan;
g) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bir  yildan  uch  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoxud  uch  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan
jazolanadi.
(139-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
66/183
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  1992-yil  19-iyundagi  5-
sonli  “Sud  amaliyotida  fuqaro  va  tashkilotlarning  sha’ni,  qadr-qimmati  va  ishchanlik  obro‘sini  himoya  qilish  haqidagi
qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi.
140-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti,
shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  ikki  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  ikki  yuz  qirq  soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(140-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nashr  qilish  yoki  boshqacha  usulda  ko‘paytirilgan  matnda  yoxud  ommaviy  axborot  vositalari  orqali
haqorat qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(140-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Haqorat qilish:
a) jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan
bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  to‘rt  yuz  baravaridan  olti  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  ikki
yildan  uch  yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoxud  bir  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoki  bir  yilgacha  ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(140-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  1992-yil  19-iyundagi  5-
sonli  “Sud  amaliyotida  fuqaro  va  tashkilotlarning  sha’ni,  qadr-qimmati  va  ishchanlik  obro‘sini  himoya  qilish  haqidagi
qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi.
Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling