Umumiy Quvvati 1500 mvt bo’lgan acwa power Sirdaryo bug’-gaz
Inson Huquqlariga Ta'siri
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
ACWA Power 1,500MW Syrdarya CCGT ESIA Vol 1 NTS v2.2 (FINAL Disclosure - UZB)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. EKOLOGIK VA IJTIMOIY BOSHQARUV VA MONITORING
4.16 Inson Huquqlariga Ta'siri
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (bundan buyon BMT) a'zosi sifatida O'zbekiston BMTning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jumladan, BMTning inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, Inson huquqlari bo'yicha kengashining "Inson huquqlari va zo'ravon ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish to'g'risida"gi 30/15-sonli qarori, xotin- qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi Konvensiya va boshqalarni qo'llab-quvvatlaydi va amalga oshiradi. BMTning inson huquqlari bo'yicha ko'rsatmalariga muvofiq, loyihalar bilan bog'liq xavflarning aksariyati majburiy va bolalar mehnatiga yo’l qoymaslik, kamsitilmaslik va ishga joylashish jarayonida teng huquqlikni ta'minlash uchun mehnat sharoitlariga muvofiq tartibga solinadi. Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi 1-Jild – Notexnik Hisobot Bunday holatlar EITB ning "Mehnat va mehnat sharoitlari" bo'limida ko'rsatilgan ta'sirni kamaytirish va boshqaruvni nazorat qilish choralari doirasida tartibga solinishi kerak bo'lgan xavflardir. Tub aholi (yoki guruhlar) loyihani amalga oshirish hududida aniqlanmagan. Shu sababli tub aholi uchun kafolat qoidalari ko'rib chiqilmagan. Jamiyatga o’tkaziladigan boshqa ta'sirlar yuqorida va EITB ning "Jamiyat, sog'liqni saqlash, xavfsizlik va muhofaza" bo'limiga muvofiq hisobga olinadi. 5. EKOLOGIK VA IJTIMOIY BOSHQARUV VA MONITORING EITB ning 3-Jildi ekologik va ijtimoiy menejment tizimi (bundan buyon EIMT) ning asosini loyihaning qurilishi, ishga tushirish va ishlatish bosqichlarida ishlab chiqish uchun imkon yaratadi. Ushbu dastur qurilish bosqichida, ishga tushirishda va ishlash bosqichida aniqlangan barcha ekologik va ijtimoiy ta'sirlarning qurilish, ishga tushirish va ishlash bosqichida ishonchli EIMT tizimini joriy etish orqali to'g'ri aniqlanishi va nazorat qilinishini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan. Qurish, ishga tushirish va EIMT ni ishga tushirish bosqichida ham EITB ning 2-Jildida belgilangan ta'sirni kamaytirish va monitoring qilish talablari, shuningdek, Ekologiya va Atrof-Muhitni Muhofaza Qilish Davlat Qo'mitasi va kreditorlar tomonidan belgilangan talablarni hisobga olish kerak bo'ladi. Qurilish, ishga tushirish hamda ekspluatatsiya bosqichlarida ekologik va ijtimoiy boshqaruvni belgilovchi asosiy hujjatlar quyidagilardir: Qurilishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (QEIBR), Ishga tushirishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (ITEIBR) va Ekspluatatsiyaning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (EEIBR). Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling