Umumiy Quvvati 1500 mvt bo’lgan acwa power Sirdaryo bug’-gaz


 Mustaqil Audit va Monitoring


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/37
Sana01.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1736358
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
ACWA Power 1,500MW Syrdarya CCGT ESIA Vol 1 NTS v2.2 (FINAL Disclosure - UZB)

5.1 Mustaqil Audit va Monitoring 
Loyiha kreditorlar talablariga muvofiq, jumladan, Ekvator Prinsipi 9 talablariga binoan doimiy 
mustaqil monitoringdan o'tkazilib boriladi. Mustaqil audit doirasida EIMT loyihasini amalga 
oshirish va joylardagi faoliyatni baholash, shuningdek loyiha talablariga rioya qilish bo'yicha 
majburiyatlarni nazorat qilish va monitoring qilish bo'yicha hujjatlashtirilgan chora-tadbirlarni o'z 
ichiga oladi. 
6. UMUMIY TA’SIR 
Ushbu Loyihaning muayyan retseptorlarga nisbatan umumiy ta'sirini baholash hamda boshqa 
mahalliy obyektlar ta’sirlari bilan (boshlang’ich qismi sifatida) birgalikda umumiy ta'sir 
ko'rsatishiga taalluqlidir. Bundan tashqari, qo'shni maydondagi XMK bug’-gaz qurilmasining 
bo’lg’usi loyihasi (kelajakdagi rivojlanish kutilgandek) ham EITB ning tegishli bo'limlarda (va 
ushbu hujjatda ko'rsatilganidek) ushbu hisobotga kiritilgan.


 
Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi 
1-Jild – Notexnik Hisobot 
7. TRANSCHEGARAVIY TA'SIRI 
Loyiha Tojikiston chegarasidan taxminan 1,4 km masofada joylashgan bo'lib, shuning uchun 
atrof-muhit va ijtimoiy sohaga ta'sirni baholash doirasida ta'sir doirasini diqqat bilan ko'rib 
chiqish va transchegaraviy ta'sirning mavjudligini aniqlash kerak. Bunga havo sifati va 
shovqinga ta'sirni modellashtirish, shuningdek, loyihaning ta'sir zonasi Tojikiston hududining bir 
qismini o'z ichiga olgan holatlarda ta'sirni ko'rib chiqish kiradi. 
Faqatgina prognozli transchegaraviy ta'sir atrof-muhit havosining sifati bilan bog'liq bo'lishi 
mumkin, chunki boshqa ta'sirlarning aksariyati chegarani qamrab olmaydi. Bu, ayniqsa, havo 
sifati bilan bog'liq: 
 Loyihaning ta'sirini modellashtirish O'zbekiston chegaralari bo'ylab atrof-muhit 
havosining sifatiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Bu sanoat sohasidagi tegishli xalqaro 
amaliyotga muvofiq raqamli modellash orqali namoyish etildi. 
 Xususan, simulyatsiya natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, Tojikistondagi NO2 retseptorlari 
kontsentratsiyasining energiya tizimini modernizatsiya qilish bilan bog'liq biroz pasayishi 
kutilmoqda, bu esa uzoq va qisqa muddatli modellashtirish davrlariga to'g'ri keladi. 
Qayd etildiki, suvga ta'sir qilish (masalan, Janubiy Mirzacho'l kanalidan suvdan foydalanish) 
faqat O'zbekistonda (Tojikistonda emas) amal qiladi, chunki bu kanaldan suv faqat 
O'zbekistonda iste'molchilar uchun mavjud. 
Xulosa qilib aytganda, loyiha atrof-muhitga jiddiy transchegaraviy ta'sir ko'rsatmaydi va ESPOO 
Konvensiyasi mezonlarining amallarini keltirib chiqarmaydi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling