Umumiy Quvvati 1500 mvt bo’lgan acwa power Sirdaryo bug’-gaz
Qattiq chiqindilar va chiqindi suvlarni boshqarish
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
ACWA Power 1,500MW Syrdarya CCGT ESIA Vol 1 NTS v2.2 (FINAL Disclosure - UZB)
4.6 Qattiq chiqindilar va chiqindi suvlarni boshqarish
Loyihaning barcha bosqichlarda chiqindilar xosil bo’ladi. Qurilish vaqtida katta miqdordagi chiqindilarni yuzaga kelishi kutilmoqda, bu turli xil qadoqlash elementlari va qurilish materiallari chiqindilarini (boshqa ko'plab turlar orasida) o'z ichiga oladi. Buning aksariyati xavfsiz va ilg'or usullar bilan oson boshqariladi, jumladan, qayta ishlash uchun topshirish. Xavfli chiqindilar juda oz miqdorda hosil bo'lishi mumkin va quyidagilarni o'z ichiga oladi: ishlatilgan yoqilg'i konteynerlari, bo'yoq qutilari, yog’-moy idishlari, transport vositalari/uskunalarni tamirlash chiqindilari. Ushbu xavfli chiqindilar vaqtincha EITBda ko'rsatilgan ta'sirni kamaytirish va boshqarish choralariga muvofiq o’ralgan joylarda (boshqa nazorat vositalari bilan) vaqtincha saqlanishi lozim. Bunday chiqindilarning atrof-muhitga yoki insonga ta'sirini oldini olish uchun va litsenziyalangan pudratchilar (litsenziyalangan obyektlarda) tomonidan chiqindilarni o'ziga xos va ehtiyotkor usullar yordamida bartaraf qilinishi (utilizatsiya/qayta ishlash) Loyiha tomonidan boshqarilishi va nazorat qilinishi lozim. Qurilish davida hosil bo'lgan oqava chiqindi suvlari maxsus litsenziyaga ega kanalizatsiya tozalash pudratchisi tomonidan olib tashlanmaguncha maxsus idishlarda saqlanadi. Ishga tushirish bosqichida (shu jumladan, gidrotexnik, bug' tozalash va kimyoviy tozalash) amalga oshiriladigan tadbirlar imkon qadar kam miqdordagi qoldiqlarni (masalan, og'ir metallar, yog'lar va moylar, kislota) o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan boshqa chiqindi suv oqimlarini yaratadi. Ular bug'lanish suv havzasiga yuborishdan oldin (yoki ishga tushirish jarayonida qayta ishlatilishi mumkin) neytrallanadi. Janubiy Mirzacho’l kanaliga (yuqorida aytib o'tilganidek, yer osti suvlarining mumkin bo'lgan suvsizlanishidan tashqari) qurilish yoki ekspluatatsiya chiqindi suvlarni tashlash mumkin emas. Elektrostantsiya ishlash jarayonida energiya ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita bog'liq bo'lmagan rejali ta'mirlash ishlari, ma'muriy obyektlar va ishchilar faoliyati natijasida yuzaga keladigan o’z miqdorda qattiq chiqindilar hosil bo'ladi. Qattiq chiqindilarni qayta ishlash uchun chiqindilarni saralash mumkun bo’lgan joylarda amalga oshiriladi. Xavfli chiqindilar, jumladan oqava suvlarni tozalash cho'kmasi, ishlatilgan filtrlar, ishlatilgan kimyoviy moddalar va boshqalar kabi kichik hajmlarda, ammo elektrostantsiya ishlash jarayonida doimiy ravishda hosil bo'ladi. Ushbu xavfli chiqindilar Sirdaryo viloyatiagi xavfli chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish obyektlariga olib borilishidan oldin EITBda loyihalashtirilgan ta’sirni kamaytirish yoki yumshatish chora-tadbirlarga muvofiq, o'tkazuvchanligi bo'lmagan yopiq hududlarda vaqtincha saqlanadi. Sanitariya chiqindi suvlari yig'ilib, maxsus sanitariya stantsiyasida qayta ishlanadi. Chiqindi suvlarni tozalashdan keyin drenaj orqali sug'orish uchun ishlatiladi yoki kanalga oqiziladi. Yog’ingarchilik suvlari drenajdan tashqari, u elektrostantsiyadan tashqariga chiqadigan yagona oqim bo'ladi, chunki boshqa sanoat chiqindi suvlari tozalanib, keyin bug'lantiriladi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling