Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi
1-Jild – Notexnik Hisobot
yuklar va og'irligi 600 tonnagacha bo'lgan og'ir yuk uchun ham amalga oshiriladi. Yengil yuk va
shoshilinch zarur materiallarni Loyiha obyektigacha avtomobil transporti orqali yetkazib berish
uchun Toshkent aeroportidan ham foydalaniladi.
Qurilish ishlari jarayonida og'ir
yuk mashinalari,
uskunalar, materiallar
yoki loyiha xodimlarini
tashish uchun og'ir yuk mashinalari va boshqa transport vositalarining harakatlani ko’payishiga
olib kelishi mumkin. Bu Loyihanining yaqin atrofida va asosiy kirish yo'llari bo'ylab (mahalliy
transport oqimlarining nisbatan past bo'lishi sababli) yanada sezilarli bo'ladi
va qurilish
bosqichlari, materiallarga bo'lgan talab va qurilish xodimlarini obyektga ko'chirish va
aksinchaligiga qarab o'zgaradi. Transport
vositalarining ortib borishi,
shuningdek,
intensiv
transport harakatiga ko'nikmagan mahalliy jamoalar uchun xavf tug'diradi va odamlar hamda
chorva mollari bilan bog'liq baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin.
Shunday qilib, barcha transport vositalarining obyekt ichida va tashqarisida samarali va xavfsiz
harakatlanishini ta'minlash uchun yo'l harakati nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish
orqali yo'l harakati ehtiyotkorlik bilan nazorat qilinadi.
Loyihaning ishga tushirish bosqichida transport ta'siri sezilarli bo'lmasligi kutilmoqda, chunki
bug'-gaz qurilmasi loyihasi ishlash va texnik xizmat ko'rsatish
doirasida kamroq xodimlar
qatnovi va texnik xizmat ko'rsatishni ta'minlashni talab qiladi. Biroq Loyiha obyektidan xavfli
chiqindilarni yo’q qilish, kimyoviy mahsulotlar va boshqa xavfli mahsulotlarnini tashish bilan
bog’liq xavfsizlik risklari vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: