Umumiy Quvvati 1500 mvt bo’lgan acwa power Sirdaryo bug’-gaz
Tuproq, Geologiya va yer osti suvlari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
ACWA Power 1,500MW Syrdarya CCGT ESIA Vol 1 NTS v2.2 (FINAL Disclosure - UZB)
4.5. Tuproq, Geologiya va yer osti suvlari
Loyiha hududida oltita (6) joylarda va bitta (1) loyiha maydonchasidan tashqaridagi nazorat joyida yuqori tuproq qatlami namunalari sertifikatlangan laboratoriya tomonidan belgilangan tartibda to'plandi. Tuproq sifatini baholash natijalari Gollandiyaning tuproq sifati standartlari bilan taqqoslangan va olingan kontsentratsiyalar noorganik va og'ir metallar parametrlari ushbu standartlardan oshmaganligini ko'rsatadi. Shuningdek, yer osti suvlari namunalari Loyiha hududida joylashgan ikkita joydan quduqdan olingan. Ikkala quduqdagi sulfatlar, shuningdek, 2-quduqqdagi kadmiy va qo'rg'oshin O’z DSt 950: 2011 standartida keltirilgan talablaridan yuqori edi. Gollandiya yer osti suvlari aralashuvi qiymatlari bilan taqqoslaganda, barcha og'ir metallar belgilangan chegaralardan past edi. Qurilish ishlari, ta'sirni yumshatish choralari boshlanishidan oldin, tuproq va yer osti suvlarining sifatiga ta'sir qilish ehtimoli mavjud. Bunday hollarda, ta'sir izolyatsiya qilingan hududlar bilan chegaralanadi va tuproqning keng ifloslanishini oldini olish uchun cheklangan choralar mavjud. Bunday potentsial ta'sir xavfli suyuqlik va materiallarning to'kilishi va oqishi, chiqindilar va chiqindi suvlarni noto'g'ri boshqarish, shuningdek, Qurilishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (QEIBR) orqali boshqariladigan obyektga ifloslangan agregatlarni import qilish bilan bog'liq har qanday ta'sirlardan kelib chiqishi mumkin. Ishga tushirish bosqichida tuproq va yer osti suvlari uchun potentsial xavflar materiallar va chiqindilarni saqlash joylarini samarali loyihalashtirish va xavfli materiallarni va chiqindilarni boshqarish rejasini amalga oshirish kabi samarali jarayonlarni amalga oshirish orqali boshqariladi va yumshatiladi, bunday ta'sirlar qurilish, ishga tushirish va ishlash jarayonlari uchun odatiy bo'lib, Qurilishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (QEIBR), Ishga tushirishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (ITEIBR) va Ishlashning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (IEIBR)ni samarali qo'llash orqali osongina boshqarilishi mumkin. Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlarni boshqarish rejasi (FVBR) va Suyuq chiqindilarni to'kilishini oldini olish rejasi ishlab chiqiladi. Bunda har qanday xavfli moddalarning to'kilishi oqibatida zarar ko'rgan hudud sezilarli darajada kechiktirmasdan xavfsiz holatga keltirilishi va samarali tiklanishi mumkin. Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi 1-Jild – Notexnik Hisobot Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling