Umumiy talablar Qoidalarining qо‘llanish soxasi va tartibi


Ish va о‘tish joyilarini kon massalari, ehtiyot qismlar, materiallar va shu kabilar bilan tiqishtirib tashlash taqiqlanadi


Download 76.96 Kb.
bet9/10
Sana24.03.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1294137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Ma\'ruza

1.3.46. Ish va о‘tish joyilarini kon massalari, ehtiyot qismlar, materiallar va shu kabilar bilan tiqishtirib tashlash taqiqlanadi.
1.3.47. Quyidagilar:
A) pog’onalardagi qulash prizmalari chegaralarida va pog’anani yon yuzasidan kon massasi bо‘laklari sirpanib boradigan hududda odamlarni turishlari;
B) pog’onalarda ilashib yoki osilib turgan kon massalari, shuningdek qor va muzlar mavjud bо‘lganda ishlash taqiqlanadi. Ularni yо‘qotish imkoni bо‘lmasa xavfli zogadagi barcha ishlar tо‘xtatilishi, odamlar chiqarilishi, xavfli uchastka atrofiga ogohlantiruvchi belgilar qо‘yilishi kerak;
V) kon-transporti jihozi ishlayotgan paytda kabina va tashqi maydonchada begona shaxslarning turishi taqiqlanadi.
1.3.48. Temir yо‘l ustidan karyerga buldozer, avtomashina va boshqa g’ildirakli, zanjirli yoki qadamlovchi mashinalarni о‘tishiga maxsus jihozlangan va kо‘rsatgichlar bilan belgilangan joylarda ruxsat beriladi.
Konchilik ishlarini bajarish bilan bog’liq ravishda kon-transporti jihozini temir yо‘l ustidan о‘tishiga korxona bosh muhandisi tasdiqlagan yо‘riqnoma bо‘yicha zaruriy xavfsizlik choralarini amalga oshirish bilan ruxsat beriladi.
1.3.49. Karyerdagi barcha ishlovchilar dastlabki yо‘riqnoma yoki ish joyidagi yо‘riqdan о‘tishda:
A) ish joyiga olib borishning qabul qilingan tartibi;
B) odamlarning karyerdagi tartibi va harakatlanish qoidalarii;
V) yoppasiga portlatish vaqti va shunga kо‘ra beriladigan signallar paytidagi, aytilgan signallardan keyingi, shuningdek portlamay yoki qо‘riqlanmay qolgan portlovchi moddalarni aniqlashdagi harakatlari bilan tanishtirilishlari lozim.
1.3.50. Karyerdagi har bir ishlovchi, о‘zi yoxud yonidagi ishlovchilar bilan bog’liq holdagi avariya yoki baxtsiz hodisalarga olib keluvchi faoliyat va faoliyatsizliklarga, shuningdek ehtiyotsizlik qilishga va asoslanmagan tavakkalchilikka yо‘l qо‘ymaslikka majbur.
1.3.51. Karyerdagi har bir ishlovchi xavfni (temir yо‘l, mashina va mexanizmlar, elektr tormog’i nosozligi, pog’onalardagi mumkin bо‘lgan kо‘chki, qulashlar belgilari, yong’in chiqishi va shu kabilarni) sezishi bilan, bu haqida ishlar rahbariga yoki karyer dispetcheriga xabar berishga, u ta’sir etadigan odamlarni ogohlantirishga, uni bartaraf etish bо‘yicha choralar kо‘rishga majbur.
1.3.52. Yuqori radiatsiya foniga ega bо‘lgan foydali qazilma konlarini qazib olishda amaldagi «Radiatsiya xavfsizligi bо‘yicha sanitariya meyorlari va qoidalarii» talablarining bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy-texnikaviy tadbirlar majmuasini amalga oshirish kerak.
Karyerlarni radiatsiya xavfi bо‘lgan korxonalar safiga kiritish, shuningdek kо‘rsatilgan tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash jalb qilgan holda korxona ma’muriyati va sanitariya nazorati organlari tomonidan zaruriyati bо‘lsa ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb qilgan holda bajariladi.
Radiatsiyaviy xavfli korxonalar safiga kiritilgan karyerlarning radiatsion zararlanish xavfi darajasini aniqlash uchun raditsion vaziyatni tekshirish sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi organlari bilan kelishilgan muddatda ammo kamida 3 yilda bir marta о‘tkazilishi kerak.
1.3.53. Radioaktivligi yuqori bо‘lgan ma’danlar saralanadigan va yig’iladigan sanoat zonalarini barcha perimetri bо‘ylab radiatsiyaviy xavf belgilari va «kirish (о‘tish) taqiqlanadi» yozuvlari bor plakatlar bilan belgilash lozim.
Radioaktivligi yuqori bо‘lgan tog’ jinslari va ma’danlar trasnport bilan tashilishi kerak, bu transportni dastlab ishlov bermay va dozimetrik nazoratdan о‘tkazmasdan boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.
1.3.54. Radiatsiyaviy xavfli ishlab chiqarishga kiritilgan karyerlardagi konchilik jihozini ta’mirlashga yoki metall parchasi sifatida topshirishdan oldin, uni dozimetrik nazoratdan о‘tkazish va zarur bо‘lsa faolligini yо‘qotish (dezaktivatsiya) kerak. Faolligini yо‘qotishning (dezaktivatsiya) imkoni bо‘lmasa, unda jihozni «uran ma’danlarini qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalarni tugatish, vaqtincha tо‘xtatish va boshqa yо‘nalishga о‘tkazishning sanitariya qoidalarii»ga (sp-lkp-98) muvofiq ravish-da radiatsiyaviy chiqindilarning maxsus qabristoniga kо‘mish kerak.
1.3.55. Karyerlarning yer osti inshootlarini kavlab о‘tish va ishlatishda foydali qazilma turiga qarab muvofiq ravishda «kо‘mir va slanets shaxtalarida xavfsizlik qoidalarii», «portlatish ishlarida xavfsizlikning yagona qoidalarii», «geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalarii», «ma’danli, noma’dan va sochilma konlarni yer ostida qazib olishda xavfsizlik qoidalarii» kabilarga amal qilish lozim.
1.3.56. Foydali qazilmalar zaxirasini ishlash tugaganidan keyin, shuningdek texnik-iqtisodiy hisob-kitob va boshqa asoslanishlarga kо‘ra konni yoki uni qismini yanda qazib olish maqsadga muvofiq bо‘lmagan yoxud imkonsiz bо‘lgan hollarda, о‘zbekiston respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalarga ega bо‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan xorijliklar tomonidan ham ishlab chiqilgan, «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi, sanitariya nazorati, о‘zbekiston respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi organlari va hudud ma’muriyati bilan kelishilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaga muvofiq konchilik korxonasi tugatilishi yoki vaqtincha tо‘xtatilishi kerak.
Korxona tо‘liq tugatilganda yerni tiklash, belgilangan tartibda uni egasiga topshirish ishlari majburiy tartibda loyiha bilan nazarda tutilishi kerak.
korxona qisman tugatilgan yoki vaqtincha tо‘xtatilganda«sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi, sanitariya nazorati, о‘zbekiston respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi organlari va hudud ma’muriyati bilan kelishuvga kо‘ra yerni tiklash, belgilangan tartibda uni egasiga topshirish ishlarining zarurligi va hajmi loyihada belgilangan bо‘lishi kerak.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling